Istiqbolli kadrlar saralanmoqda
Sirdaryo viloyatida iqtidorli, taşabbuskor va salohiyatli kadrlarni aniqlaş, ularning boşqaruv sohasidagi bilim va könikmalarini baholaşga qaratilgan “Yangi Özbekistonning istiqbolli kadrlari” TOP-100 tanlovining test sinovlari bosqiçi yakunlandi.
Tanlovda iştirok etiş uçun jami 941 nafar nomzoddan arizalar qabul qilindi. Dastlabki saralaş jarayonida 62 nafar talabgorning hujjatlari belgilangan malaka talablariga muvofiq emasligi sababli rad etildi. Şu tariqa, 879 nafar nomzod test sinovlarida iştirok etiş huquqiga ega böldi.

Ularning 501 nafari test sinovlarida qatnaşdi. Natijalarga köra, 56 va undan yuqori ball töplagan 313 nafar nomzod tanlovning keyingi — esse yoziş bosqiçiga yöllanma oldi.
Navbatdagi bosqiçda iştirokçilarning tahliliy fikrlaş, muammoli vaziyatlarga yeçim topiş, ehtimoliy xavf-xatarlarni aniqlaş, huquqiy jihatdan asoslangan qarorlar qabul qiliş va mustaqil fikr yuritiş qobiliyatlari baholanadi.

Tanlov jarayonida nomzodlarning nafaqat nazariy bilimlari, balki boşqaruv sohasidagi salohiyati, taşabbuskorligi hamda murakkab vaziyatlarda töğri qaror qabul qiliş mahoratiga ham alohida eʼtibor qaratiladi.
Mazkur saralaş bosqiçlari boşqaruv sohasida yuqori salohiyatga ega, bilimli va taşabbuskor kadrlarni aniqlaş hamda ularni kelgusida masʼuliyatli lavozimlarga tayyorlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri