Vatanga muhabbatning bolalar nigohidagi ifodasi
Birinçi sinfga çiqqan qizim bilan Tarbiya fanidan berilgan uyga vazifa — Özbekiston Respublikasi davlat bayroğini birgalikda çizdik. Aniqroği, men yönaliş berib turdim, u özi çizdi.
Uşbu vazifani bajariş mobaynida ona-bola Vatan bayroği haqida ança suhbatlaşib, fikrlaşib ham oldik. Bayroğimizdagi ranglar, oy va yulduzlar nimaning belgisi ekanligi, qanday maʼno anglatişi haqidagi savollarimga qizim jöşib, tölqinlanib javob berdi. Eng muhimi, juda aniq va töğri javob qaytardi. Bundan juda quvondim.
“Endi yoniga özingning rasmingni ham çizib, bayroqni kötarib turganday körinişni hosil qila qol”, dedim rasmni yanada boyitiş maʼnosida. Rasm çizişni juda xuş köradigan qizim bundan ilhomlanib, bayroq oldiga özining rasmini ham çiroyli qilib çizib qöydi.
— Mana, yurtimiz bayroğini qölida baland kötarib turgan Imronaxon! Bayroqni körganingda nimalarni his qilasan, qizim? — dedim.
— Bizning bayroğimiz eng çiroyli bayroq. Uni körganimda xursand bölaman, faxrlanaman. Vatanimiz köz oldimga keladi, yaxşi öqişim kerak, deb öylayman. Şaxmatga, gimnastikaga borayotgan örtoqlarimning medal olganlari köz oldimga keladi, — dedi.
Suhbatimizni eşitib turgan opasi (9-sinfda öqiydi) ham fikr bildirib, “Men esa Özbekiston bayroğini doim eng yuksaklarda hilpirab turganini köz oldimga keltiraman va tinçlikni, xotirjamlikni his qilaman. Çunki hozir eng tinç-osoyişta, xotirjam yurt bizning Özbekistonimiz”, deya qöşib qöydi.
Biz ona-bolalarning Vatan bayroği haqidagi qisqagina suhbatçamiz ikki kundirki, xayolimda aylanadi. Bolalarimning mulohazalaridan, tasavvurlaridan faxrlanib, tölqinlanib olaman — şukrki, tinç-osuda yurtdamiz, farzandlarimiz bexavotir, keng qulayliklarda taʼlim olyapti. Özimiz ham xotirjam öz kasb-korimiz, faoliyatimiz bilan maşğulmiz. Oilalarimiz farovon, rözğorimiz but, dasturxonlarimiz tökin.
Ana şunday tinç Vatanda yurtimiz ramzlari farzandlarimizning jajji qalblarida katta orzular jöş urişiga, vatanparvarlik, yurtni seviş tuyğulari şakllanişiga zamin bölmoqda.
Özbekiston bayroği xalqaro maydonlarda, yuksak çöqqilarda hilpirab, har bir vatandoşimizning köksini ğurur va iftixorga çulğamoqda.

Qayerda bölmaylik, balandlarda kötarilgan Özbekiston bayroğiga közimiz tuşganda, albatta, qalbimiz bir qalqib oladi. Bu qalqiş şu Vatanga, şu zaminga boğlangan tomirlarimiz mustahkamligidandir, “ona Vatan” sözi Özbekiston nomi ila ongu şuurimizga, vujudimizga singib ketganidandir, ota-bobolarimizdan meros şu elu yurtga çeksiz mehrimiz, muhabbatimiz vajidandir.
Şularni öylar ekanman, Özbekistonimizning bayroği eng oldingi va yuqori örinlarda, mangu hilpirab turişini niyat qilaman.
Qizim bilan çizgan Vatan bayroğiga esa har kuni bir qarab olyapman va Özbekiston bayroği haqidagi suhbatlarimiz har kuni davom etyapti...
Muhtarama Komilova, ÖzA