Variativ taʼlim: har bir öquvçining iqtidori va imkoniyatlari
Bugungi taʼlim tizimi oldida turgan muhim vazifalardan biri — yoş avlodga çuqur bilim beriş bilan birga, har bir öquvçining individual qobiliyati, qiziqişi va salohiyatini aniqlaş, uni kelgusidagi taʼlim va kasbiy faoliyatga maqsadli yönaltirişdir. Bu jarayonda taʼlimga bir xil mezonlar asosida yondaşişdan köra, öquvçining şaxsiy imkoniyatlarini hisobga oliş, uning kuçli jihatlarini rivojlantiriş alohida ahamiyat kasb etadi.
Davlat rahbari taşabbusi bilan taʼlim sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar ham aynan inson kapitali sifatini oşiriş, yoşlarning bilim va salohiyatini töliq namoyon etişi uçun zarur şaroit yaratişga qaratilgan. Ayniqsa, taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik yondaşuvlarni joriy etiş, öquvçilarning qiziqiş va qobiliyatidan kelib çiqib, ularni muayyan yönalişlarga tayyorlaş bu borada muhim örin tutadi.
Ana şu vazifalar ijrosi doirasida Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazida “Öquvçi qobiliyatini yuzaga çiqarişda variativ taʼlimning pedagogik imkoniyatlari” mavzusida viloyat amaliy seminari bölib ötdi.
Tadbirda umumtaʼlim maktablarida variativ taʼlimni samarali taşkil etiş, öquvçilarning individual qobiliyati, qiziqişi va salohiyatini rivojlantiriş, ularni oliy taʼlimga maqsadli tayyorlaşda zamonaviy pedagogik usullardan foydalaniş masalalari muhokama qilindi.

Seminarda, ayniqsa, filologiya hamda moliya-iqtisodiyot yönalişlaridagi variativ sinflar faoliyatiga eʼtibor qaratildi. Uşbu sinflarda taʼlim sifatini oşiriş, öquvçilarning fanlar böyiça bilimlarini mustahkamlaş, amaliy könikma va kompetensiyalarini rivojlantiriş, kelgusidagi taʼlim yönalişini ongli tanlaşi uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş yuzasidan fikr almaşildi. Şuningdek, ilğor pedagogik tajribalar taqdim etilib, ularni maktablar amaliyotiga tatbiq qiliş imkoniyatlari körib çiqildi.
Amaliy seminarda Buxoro va Kogon şaharlari, Buxoro, Şofirkon hamda Ğijduvon tumanlaridagi umumtaʼlim maktablarining matematika, ingliz tili, ona tili va adabiyot fani öqituvçilari iştirok etdi.
Taʼkidlaş joizki, variativ taʼlimning ahamiyati faqat muayyan fanlarni çuqurlaştirib öqitiş bilan çeklanmaydi. U, avvalo, öquvçining qiziqişi va qobiliyatini erta aniqlaş, taʼlim jarayonini uning ehtiyojlariga moslaştiriş, kelajakdagi kasbiy tanloviga puxta zamin yaratiş imkonini beradi. Bu esa yoşlarning öz oldiga aniq maqsad qöyişi, tanlagan yönalişi böyiça bilim va könikmalarini izçil rivojlantirişiga xizmat qiladi.

Seminarning yana bir muhim jihati şundaki, bunday uçraşuvlar pedagoglar örtasida tajriba almaşiş, dars jarayoniga yangiça metodik yondaşuvlarni olib kiriş va taʼlim natijadorligini oşiriş uçun amaliy maydon vazifasini ötaydi.
Zero, har bir bolaning qobiliyatini öz vaqtida kaşf etiş, uning imkoniyatlarini töğri yönaltiriş va rivojlantiriş — taʼlimning eng muhim vazifalaridan biridir. Variativ taʼlim esa ana şu maqsadga erişiş, iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş va kelajakda malakali mutaxassislar yetişib çiqişi uçun mustahkam poydevor yaratişga xizmat qiladi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri