Xorazmda “Jadidlar izidan” tanlovi ğoliblari aniqlandi
Xiva tumanidagi “Kelajak markazi”da “Jadidlar izidan” respublika tanlovining Xorazm viloyati bosqiçi yakunlandi.
Uşbu tanlov davlatimiz rahbari taşabbusi bilan maktab öquvçilari orasida ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosini keng tarğib etiş orqali kitobxonlikka jalb etiş maqsadida taşkil etilgan.
Tanlovning viloyat bosqiçida tuman va şahar bosqiçlarida ğolib bölgan 26 nafar talabgor 3 ta şart asosida kuç sinaşdi.
Iştirokçilar birinçi şartda jadidlar faoliyati va asarlariga oid 10 ta savoldan iborat boşqotirmani yeçgan bölsa, ikkinçi şartda inşo yoziş sinovidan ötişdi.
– Uşbu şart doirasida iştirokçilar jadidlarning hayoti, maʼrifatparvarlik yölidagi xizmatlari, millatni uyğotiş va taʼlimni rivojlantiriş borasidagi uluğ maqsadlari haqida öz mulohaza va xulosalarini mustaqil tarzda bayon etişadi, – deydi tanlov hakamlar hayʼati aʼzosi Javlon Jovliyev. – Inşolarda yoşlar jadidlar merosiga munosabatini, ularning ğoyalari bugungi avlod tarbiyasidagi ahamiyatini hamda Vatan va millat ravnaqi yölida maʼrifatning naqadar muhim ekanini yoritib, öz ijodiy qaraşlarini namoyon etadilar.
Tanlovning sönggi şarti doirasida iştirokçilar çipta tortiş orqali jadidlarning muayyan asarlariga oid öz fikr, tahlil va xulosalarini 5-7 daqiqa davomida bayon etişdi.
Uşbu bosqiç öquvçilardan nafaqat asar mazmunini çuqur anglaşni, balki matndagi ğoya, badiiy ifoda va maʼnaviy maʼnolarni teran tahlil qiliş mahoratini talab qiladi, - deydi Yangiariq tumani 9-son umumtaʼlim maktabi öquvçisi Laylo Saidnazarova. - Biz öz nuqtai nazarimizni ravon, asosli va mustaqil fikr asosida ifoda etib, jadid bobolarimizning maʼrifatparvarlik merosiga bölgan hurmat va qiziqişlarimizni yaqqol namoyon etişimiz lozim.
Tanlovning viloyat bosqiçi qiziqarli va ijodiy ruhda keçdi. Hakamlar hayʼati har bir iştirokçining işlarini sinçiklab tekşirişdi va yakuniy natijalarni eʼlon qildi.
Tanlov natijalariga köra, 6-8-sinf toifasida Yangiariq tumani 9-son umumtaʼlim maktabi öquvçisi Laylo Saidnazarova hamda 9-11 sinf toifasida Yangiariq tumani 5-son umumtaʼlim maktabi öquvçisi Qutlibika Xuşnudova faxrli 1-örinni qölga kiritib, tanlovning respublika bosqiçiga yöllanma olişdi.
[gallery-32683]
Ğoliblar va faol iştirok etgan öquvçilar taşkilotçilar tomonidan munosib rağbatlantirildi.
Ahmadjon Şokirov,
Behzod Saidov(surat),
ÖzA muxbirlari