Bugun ekilgan nihol — ertangi kunga qöyilgan mustahkam qadam
Tabiatga eʼtibor — kelajakka eʼtibordir. Bugun yerga qadab qöyilgan har bir nihol ertangi kunning musaffo havosi, yaşil manzarasi va ekologik barqarorligi uçun xizmat qiladi. Şu bois mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qiliş, hududlarni obodonlaştiriş va yaşil maydonlarni kengaytiriş davlat siyosati darajasiga kötarilib, “Yaşil makon” umummilliy loyihasi izçil davom ettirilmoqda.
Davlat rahbari taşabbusi bilan boşlangan mazkur umummilliy harakat bugun nafaqat daraxt ekiş, balki aholida ekologik madaniyatni yuksaltiriş, tabiatga masʼuliyatli munosabatni şakllantiriş va kelajak avlod uçun soğlom atrof-muhit yaratişga qaratilgan ezgu saʼy-harakatlar timsoliga aylanmoqda.
Bu borada Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasi ham faollik körsatib, “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng kölamli obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlarini amalga oşirdi.
Tadbirda institut rahbariyati, professor-öqituvçilar, işçi-xizmatçilar hamda talaba-yoşlar bir maqsad yölida birlaşib, taʼlim muassasasi hududiga 1 ming tupdan ortiq manzarali va mevali köçatlar ekişdi.
[gallery-32666]
Eʼtiborlisi, bu taşabbus institut hududini yanada obod va körkam maskanga aylantiriş bilan çeklanmaydi. Uning zamirida yoş avlodga tabiatni asraş, yaşillikni qadrlaş va atrof-muhitga daxldorlik hissini singdirişdek muhim tarbiyaviy maqsad ham mujassam. Zero, bölajak pedagoglar uçun ekologik madaniyatni şaxsiy namuna orqali namoyon etiş, uni taʼlim va tarbiya jarayonida yoşlarga yetkaziş alohida ahamiyatga ega.
Şu maʼnoda, mingdan ortiq niholning ekilişi — şunçaki obodonlaştiriş tadbiri emas, balki jamoaning umumiy maqsad, hamjihatlik va bunyodkorlik atrofida birlaşganini körsatuvçi amaliy harakatdir. Ayni paytda bugungi mehnatning samarasi ertaga namoyon bölişi uçun ekilgan har bir köçatni parvarişlaş, uning ösib-ulğayişini taʼminlaş ham muhim vazifa hisoblanadi.
Zero, yaşil makon bir kunlik mehnat bilan emas, doimiy eʼtibor va masʼuliyat bilan barpo etiladi. Bugun mehr bilan yerga qadab qöyilgan har bir nihol ertangi avlod uçun soya-salqin, toza havo va gözal tabiatni meros qoldiriş yölidagi ezgu qadamdir.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (suratlar), ÖzA muxbirlari