“Umra” ziyorati niqobi ostidagi firibgarlik: Farğona va Andijonda noqonuniy harakatlarga çek qöyildi
"Umra" ziyoratiga boriş istagidagi fuqarolar işonçidan foydalanib, noqonuniy yöl bilan daromad olayotganlarga qarşi huquqni muhofaza qiluvçi organlar tezkor tadbirlar ötkazmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan joylarda fuqarolarning işonçidan foydalanib, “Umra” ziyoratiga yuboriş vaʼdasi bilan noqonuniy ravişda pul mablağlarini qölga kiritmoqçi bölgan şaxslarning noqonuniy xatti-harakatlariga qarşi keskin çoralar körilmoqda. Jumladan, Farğona va Andijon viloyatlarida şu kabi qonunbuzarlik holatlari foş etildi.
Xususan, Farğona şahrida faoliyat yurituvçi sayyohlik firmasining norasmiy işçisi tegişli ruxsatnomaga ega bölmay turib, 2 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga “Umra” ziyoratiga yuboriş evaziga 2500 AQŞ dollari talab qilgan. Davlat xavfsizlik xizmati va Içki işlar vazirligining hududiy boşqarmalari xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida u 2450 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olindi. Hozirda mazkur şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Şunga öxşaş yana bir huquqbuzarlik Andijon viloyatining Şahrixon tumanida qayd etildi. Noqonuniy faoliyat yuritayotgan turistik firma xodimi 4 nafar fuqaroni muborak safarga yuboriş evaziga 4400 AQŞ dollari talab qilgani aniqlandi. DXX Andijon viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat Içki işlar boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda u öz otasi bilan birgalikda 4300 AQŞ dollarini olayotgan paytda aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Mazkur holat yuzasidan ayni paytda tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Masʼul idoralar fuqarolardan diniy safarlarni taşkil etişda faqatgina tegişli litsenziya va ruxsatnomaga ega rasmiy hamda işonçli turistik taşkilotlar xizmatidan foydalanişni sörab, ogohlantirmoqda.
ÖzA