Ukraina Rossiya bilan tinchlik muzokarasini to‘xtatdi (+video)
Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Kislitsa ta’kidlashicha, “muzokaralar hech qanday natija bermagan, Moskva esa o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilishdan bosh tortgan”. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi esa muzokarani Turkiyada qayta boshlashga tayyorligini bildirdi, deb yozgan DW.
Kislitsa Kiyev 2025 yil yozidan beri xalqaro hamkorlar ko‘magida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga bosimni kuchaytirishga urinib kelganini aytdi. Ya’ni, ular Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Rossiya yetakchisining shaxsiy uchrashuvini tashkil etishga harakat qilgan.
Istanbulda bo‘lib o‘tgan RF va Ukraina delegatsiyalari uchrashuvi mavzusiga to‘xtalib, u “Diktatura tizimini ifodalaydigan guruhlar bilan samarali muhokama olib borish mumkin emas, ularga qat’iy ko‘rsatma berilgan va ular aynan shu pozitsiyani himoya qilishlari shart” degan.
Kislitsa intervyusi chop etilgandan so‘ng Rossiya TIV vakili Aleksey Poliuk bayonot berib, Kreml muzokarani Turkiyada davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi:
– Turkiya vakillari muzokaralarni qayta tiklashga bir necha bor chaqirgan. Rossiya jamoasi bunga tayyor, endigi harakat Ukraina tomonida.
Sergey Kislitsa Moskvaning oldingi tashabbuslari faqat rasmiyatchilikdan iborat bo‘lganini bildirdi. Diplomat aytishicha Kreml vakillari masalaning tub mohiyatini muhokama qilishdan qochgan. Moskva shu tarzda AQSHda, go‘yoki, muzokara borayotgani haqida tasavvur uyg‘otib, yangi sanksiyaning oldini olishga uringan, xolos.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/c3PH8HNI5-8" title="Ukraina Rossiya bilan tinchlik muzokarasini to`xtatdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA