JSST: 5-17 yoşdagi bolalar har kuni kamida bir soat örtaça yoki yuqori darajada harakat qilişi zarur
Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining yangi hisobotiga köra, dunyo miqyosida 11-17 yoşli ösmirlarning qariyb 240 millioni, yaʼni har tört nafaridan biri kundalik hayotda yetarliça jismoniy faollik körsatmaydi. 140 ta davlatdagi sörovlar natijalariga asoslangan tahlilga köra, hatto haftaning yetti kuni davomida kuniga atigi 60 daqiqa faol bölgan ösmirlar uluşi atigi 14 foizni taşkil etadi. Holbuki, muntazam harakat bolalarning suyak-muşak tizimi va yurak-qon tomir salomatligini mustahkamlaşda muhim ahamiyatga ega.
Şu munosabat bilan JSST 5-17 yoşdagi bolalar har kuni kamida bir soat örtaça yoki yuqori darajada harakat qilişi, asosiy qismini aerob maşqlar taşkil etib, haftasiga kamida uç marta muşak va suyaklarni çiniqtiruvçi maşğulotlar bilan şuğullanişi lozimligini tavsiya qilmoqda.
***
Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi – Gustave Roussy International Özbekiston tibbiyot markazida xorijiy bemorlar bilan işlaş tizimini takomillaştirişga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi. Xorijiy fuqarolarga xizmat körsatişning muvofiqlaştirilgan tartibi yuzasidan batafsil taqdimot qilindi.
Tadbirda bemorlarning murojaatidan to davolanişi va qaytişigaça bölgan barça bosqiçlar, jumladan, tibbiy hujjatlarni körib çiqiş, transfer, mehmonxona, viza masalalari hamda marketingdagi vazifalar atrofliça tuşuntirildi. Şuningdek, şifokorlar va bölim xodimlari örtasida tezkor axborot almaşinuvini yölga qöyiş orqali har bir bemorga individual yondaşiş va servis sifatini yanada oşiriş muhimligi taʼkidlandi.
***
Hindistonning Aligarh musulmon universitetida (AMU) ötkazilgan xalqaro ilmiy simpoziumda Özbekiston delegatsiyasi faol iştirok etdi. Nufuzli anjumanda Hindistonning yetakçi olimlari, Ibn Sino akademiyasi vakillari hamda tibbiyot va farmakologiya mutaxassislari jam bölib, buyuk alloma merosi va uning zamonaviy ilm-fandagi ahamiyatini muhokama qildi.
Tadbir doirasida Ibn Sino jamoat fondi boşqaruvi raisi Nozimxon Mahmudov universitet rektori, professor Naima Xatunni «Ibn Sino» mukofoti bilan taqdirladi. Şuningdek, mezbonlarga Şarqşunoslik instituti tomonidan tayyorlab naşr etilgan «Tib qonunlari»ning yangi naşri, 5 tillik terminologik luğat hamda qator ilmiy töplamlar sovğa qilindi.
***
Toşkent davlat tibbiyot universiteti va Jizzax Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi örtasida 2026-2027 öquv yiliga möljallangan hamkorlik rejasi doirasida ilmiy-amaliy seminar va mahorat darslari taşkil etildi. Unda universitetning yetakçi professor-öqituvçilari iştirok etib, texnikum öqituvçilari uçun zamonaviy klinik yondaşuvlar va ilğor pedagogik texnologiyalar böyiça maʼruzalar öqidi.
Maşğulotlarda nazariy bilimlarni amaliy könikmalar bilan integratsiya qiliş, öquv jarayonida zamonaviy metodik keys-stadilardan foydalaniş hamda taʼlim uzviyligini taʼminlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Mohigul Qosimova,
ÖzA