Turkiy xalqlarning boy folklor merosi tahlil etildi
Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Özbek tili, adabiyoti va folklori institutida «Turkiy xalqlar folklorini qiyosiy örganiş masalalari» mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bölib ötdi.
Anjuman Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasining Folklor instituti hamkorligida taşkil etildi.
Konferensiyaning asosiy maqsadi turkiy xalqlar folklorining muştarak va öziga xos xususiyatlarini tarixiy-qiyosiy, tarixiy-genetik hamda tipologik jihatdan örganiş, folklor anʼanalarining özaro taʼsirini tahlil qiliş va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirişdan iborat böldi.

Anjuman doirasida turkiy xalqlar folklorining janrlari, syujetlari, motiv va obrazlari, mifologik tafakkuri, marosim anʼanalari, epik ijodi hamda folklorning zamonaviy transformatsiyalariga bağişlangan ilmiy maʼruzalar tinglandi.
Konferensiyada folklorşunoslar, turkologlar, etnograflar, adabiyotşunoslar, tilşunoslar, professor-öqituvçilar, doktorantlar va mustaqil tadqiqotçilar iştirok etdilar.
Xalqaro ilmiy anjuman turkiy xalqlarning asrlar davomida şakllangan boy maʼnaviy merosini çuqurroq anglaş va ilmiy jihatdan tadqiq etiş uçun muhim ilmiy muloqot maydoni bölib xizmat qildi.
Tadbir davomida turkiy xalqlar folkloridagi muştarak ildizlar, umumiy qadriyatlar va milliy öziga xosliklar qiyosiy tahlil qilindi. Bu esa xalqlar örtasidagi tarixiy va madaniy muştaraklikni yanada kengroq yoritiş imkonini berdi. Şuningdek, konferensiya olimlar örtasida tajriba almaşiş, yangi ilmiy qaraşlar va istiqbolli tadqiqot yönalişlarini belgilaşga xizmat qildi.

Ilmiy muloqotlar davomida folklor namunalarini zamonaviy tadqiqot metodlari asosida örganiş, ularni töplaş, saqlaş va kelajak avlodga yetkaziş masalalari yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirildi. Uşbu ilmiy takliflar, fikr-mulohazalar va tadqiqot natijalari turkiy xalqlar folklorşunosligi rivoji uçun muhim ahamiyat kasb etdi.
Xulosa qilib aytganda, mazkur xalqaro konferensiya turkiy xalqlar örtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlikni mustahkamlaş, umumiy tarixiy merosni çuqur örganiş hamda folklorşunoslik sohasidagi yangi tadqiqotlarga yöl oçişda muhim qadam böldi.
N.Usmonova,
ÖzA