Toşkentda xalqaro turizm yarmarkasi va investitsiya forumi ötkaziladi
25–27-noyabr kunlari Toşkentdagi CAEx körgazmalar majmuasida “Ipak yölida turizm” 31-Toşkent xalqaro turizm yarmarkasi bölib ötadi . Joriy yilgi yarmarka doirasida turizm sohasidagi birinçi xalqaro investitsiya forumi ham taşkil etiladi.
Ön ming kvadrat metr maydonni egallaydigan körgazmada 30 dan ortiq mamlakat kompaniyalari iştirok etişi va 15 mingdan ziyod mehmon taşrif buyurişi kutilmoqda. Investitsiya forumida esa 20 dan ortiq davlat vakillari, 100 dan ziyod yirik investor hamda 200 dan ortiq xorijiy mehmon qatnaşişi rejalaştirilgan.
Forum davomida mehmonxona va kurortlar, yangi turistik hududlar, transport-logistika infratuzilmasi hamda mehmondöstlik sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etişga oid loyihalar muhokama qilinadi. Şuningdek, hududlarning investitsiyaviy salohiyati taqdim etilib, sohaga sarmoya jalb qiliş va xalqaro hamkorlikni kengaytiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.
Yarmarka dasturidan aviatsiya, turizm taʼlimi, işbilarmonlik turizmi va media sohalariga oid forumlar, xalqaro konferensiya hamda B2B formatdagi biznes uçraşuvlar örin olgan. Bundan taşqari, tadbir doirasida gastronomiya festivali, anʼanaviy öyinlar, hunarmandçilik va suvenirlar körgazmasi, şuningdek, “Silk Road Tourism Awards” mukofotini topşiriş marosimi ötkaziladi.
Dilşod HAKIMOV,
ÖzA