Munosabat

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani azaldan o‘zining tabiati va xushmanzara joylari bilan dam oluvchilarni hayratga solib kelgan. Hudud bir so‘z bilan aytganda turizm rivojiga ulkan hissa qo‘shishga eng qulay manzil sanaladi. Prezidentimizning Bo‘stonliq tumaniga tashrifi xalqimiz hayotida shu kundagi bayramlar oldidan quvonchli hodisa bo‘ldi.

Xususan, hududda o‘z yechimini kutib turgan ko‘plab masalalar qatori Bo‘stonliqning drayveri bo‘lgan ekoturizmni yanada rivojlantirish borasida amaliy ko‘rsatma va yo‘l-yo‘riqlar berilgani bilan g‘oyat ahamiyatlidir. Shu o‘rinda aytish kerakki, turizm sohasi dunyo iqtisodining eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Uning keng qamrovli taraqqiyoti esa, ko‘plab mamlakatlar uchun katta daromad manbaiga aylanib ulgurgan. 

O‘zbekiston ham bugun dunyoning ko‘plab davlatlari qatori ushbu sohani yanada rivojlantirish, bu borada tegishli infratuzilmani jahon standartlari darajasida yaratish va sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha barcha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Kelgusida serdaromad mazkur soha tarmoqlarini rivojlantirish, hududlarning, ayniqsa, tabiatning, geotizimlarning ekoturistik resurslari va imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish iqtisodiyotimizga juda katta foyda keltirishi tayin. 

Bo‘stonliq tumani ham mana shunday ekoturistik potensiali yuqori hududlardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda xushmanzara tog‘lar bag‘ridagi hududda infratuzilma yaxshilanib, yilning barcha faslida maroqli hordiq chiqarish imkoniyati yaratildi. Dam olish, sog‘lomlashtirish, chang‘i, sayohat, umumiy ovqatlanish majmualari barpo etildi. Eski sihatgoh va bolalar oromgohlari yangilandi.

Besh yil avval tumanda 2 ming 240 o‘rinli 26 ta maskan bo‘lgan bo‘lsa, shu davrda sohaga 2 trillion so‘mdan ziyod investitsiya kiritilib, 13 mingdan ko‘p o‘ringa ega 59 ta yirik turizm inshooti ishga tushirildi. Asosiy avtomobil yo‘li ta’mirlanib, qo‘shimcha yo‘llar qurildi.

Bular natijasida turizm jadal rivojlandi, tashrif buyuruvchilar 12 barobarga oshdi. O‘sha paytlar Bo‘stonliqqa yiliga 850 ming sayyoh kelgan bo‘lsa, bu yil 11 oyning o‘zida 12 million nafar mehmon kelgan. Ayniqsa, Chimyon-Chorvoq zonasi doirasida ekoturizm xizmatlarini ko‘rsatayotgan turoperatorlik firmalari samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 

Bo‘stonliqda davlatimiz rahbari hududda tadbirkorlikni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratgani biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlovchi siyosiy kuch bo‘lgan partiyamiz xodimlari va faollarini quvontirish bilan birga zimmamizga ulkan mas’uliyat yukladi. 5 mingdan ortiq kishiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘lgan Chirchiq daryosi bo‘yida quriladigan “Chorvoq darvozasi” turistik majmuasida mavsumiylari bilan birga 2 ming 500 ta ish o‘rni yaratilishi hudud aholisi turmush farovonligiga katta hissa qo‘shishi muqarrar. 
Binolar tepasiga quyosh panellari o‘rnatilishi muqobil energiyadan samarali foydalanish imkoniyatini yaratishi barobarida hudud yashil iqtisodiyoti rivojida ham muhim ahamiyat kasb etadi. 

Prezidentimizning xizmat turlarini ko‘paytirib, faol turizmni rivojlantirish, bunday majmualarni boshqa tumanlarda ham loyihalashtirish bo‘yicha bergan ko‘rsatmasi sohada faoliyat yurituvchi tadbirkorlarimiz uchun katta imkoniyat eshigini ochdi. Shuningdek, hududda ekologiyaga alohida e’tibor berish, yashillikni ko‘paytirish muhimligiga e’tibor qaratilgani bejizga emas. 

Bu sa’y-harakatlar partiyamizning kelgusi besh yillikdagi Saylovoldi dasturida o‘z oldiga belgilab olgan infratuzilma va turizmni rivojlantirish borasidagi maqsad va rejalariga hamohanglik kasb etdi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Negaki, partiyamiz ham Yangi O‘zbekistonda sayyohlik industriyasi kengayishi uchun rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida hududlarning turizm master-rejalari ishlab chiqilishi asosiy vazifalar sirasiga kiritilib, agroturizm imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida “Agroturizm – 2030” strategiyasini ishlab chiqish taklif qilingan.

Respublikaning turizm salohiyatidan to‘liq va samarali foydalanish, birinchi navbatda transport-logistika va turizm infratuzilmasidagi muammolarni tezkor hal etish, mavjud resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hisobiga turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish O‘zLiDePning o‘z oldiga qo‘ygan ustuvor maqsadlaridan hisoblanadi. 

Umuman olganda, O‘zbekiston yirik turizm salohiyatiga ega mamlakatlar qatorida o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega ekan, demak, biz mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanishimiz kerak.

To‘lqinjon Fayziyev, 
O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi raisi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turistik salohiyat yanada ravnaq topadi