Hindiston şarqiga bir oy içida uçinçi bor siklon yopirildi
Juma kuni “Akvan” sikloni ortidan Hindistonning şarqiy sohilida kuçli yomğir yoğdi. Mamlakat meteorologiya departamenti maʼlumotiga köra, tunda biroz tinçlangan böron qirğoqni soatiga 70-80, baʼzan 90 kilometrgaça tezlikda esgan şamol bilan kesib ötgan.
Mavjud xavf tufayli Odişa va Andxra-Pradeş ştatlari rasmiylari hafta davomida xavfli hududdan yuz minglab aholini xavfsiz joyga köçirgan edi.
Tabiiy ofat oqibatida qirğoqqa ulkan tölqin urilgan, kuçli şamol daraxtlarni egib yuborgan, yöllarni suv bosgan. Şunga qaramay, har ikki ştat mutasaddilari hozirça jiddiy talofat yoki baxtsiz hodisa qayd etilmagani, salbiy taʼsir jiddiy sezilmaganini bildirgan. Mutaxassislar siklon yana kuçsizlanib, bosim kamayişini taxmin qilgan.
“Akvan” sönggi bir oydan kamroq vaqt içida Hindistonga yopirilgan uçinçi töfon. Ikki hafta oldin “Murasu” sikloni sabab minglab odam köçirilgan, daraxt va elektr toki ustunlari qulagan edi. Ötgan oy esa “Arnab” böroni 6 kişini hayotdan olib ketib, bir neça hududda elektr taʼminotini uzib qöygan. Taʼkidlanişiça, Bengal körfaziga bir oyda uç bor kuçli ofat yopirilişi Al-Ninyo hodisasi kuzatilgan 1987-yilgi ob-havo şaroitini eslatmoqda.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA