Transfermarkt: Abduqodir Husanov — Osiyoning eng qimmat futbolchisi
Unga koʻra, «Manchester Siti» klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanovning bozor qiymati 50 million yevroga yetdi.
Transfermarkt portali Angliya Premyer-ligasi (APL)da toʻp tepadigan himoyachilarning transfer qiymatlarini yangiladi.
Unga koʻra, «Manchester Siti» klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanovning bozor qiymati 50 million yevroga yetdi. Bungacha hamyurtimizning transfer bahosi 35 million yevroni tashkil etayotgan edi.
Ushbu oʻsish evaziga Husanov APLning markaziy himoyachilari orasida 16-oʻringa koʻtarilib oldi. Shuningdek, 22 yoshli futbolchi ushbu koʻrsatkich bilan Osiyoning ayni paytdagi eng qimmatbaho oʻyinchisiga aylandi.
