Enso Fernandes transferi APL tarixidagi eng qimmat transferga aylandi
Avvalgi rekord Aleksander Isakning “Nyukasl”dan “Liverpul”ga 145 million yevro evaziga o‘tishiga tegishli edi.
Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Enso Fernandes “Chelsi”dan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tdi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, “Manchester Siti” argentinalik futbolchi uchun 145 million yevro to‘ladi. Shu tariqa Fernandesning transferi Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng qimmat transfer rekordini takrorladi.
Avvalgi rekord Aleksander Isakning “Nyukasl”dan “Liverpul”ga 145 million yevro evaziga o‘tishiga tegishli edi.
Fernandesning transferi, shuningdek, futbol tarixidagi eng qimmat besh transfer qatoriga kirdi. Bu boradagi mutlaq rekord hamon Neymar transferiga tegishli — PSJ 2017-yilda braziliyalik uchun “Barselona”ga 222 million yevro to‘lagan.
Enso Fernandes 2023-yil yanvaridan buyon “Chelsi” sharafini himoya qilib kelayotgandi. U londonliklar safida barcha musobaqalarda 170 ta o‘yinda 31 ta gol urib, 30 ta golli uzatma amalga oshirdi.