Husanovning transfer qiymati Saudiya Arabistoni terma jamoasinikidan 12 million yevroga yuqori
Özbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari örtasidagi xalqaro örtoqlik uçraşuvi arafasida "Al Arabiya" naşri ikki jamoa futbolçilarining bozor qiymatini soliştirib, e’tiborga molik statistikani taqdim etdi.
"Mançester Siti" himoyaçisi Abduqodir Husanovning transfer bozoridagi qiymati Saudiya Arabistoni matbuotida katta qiziqiş uyğotdi.
Özbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari örtasidagi xalqaro örtoqlik uçraşuvi arafasida "Al Arabiya" naşri ikki jamoa futbolçilarining bozor qiymatini soliştirib, e’tiborga molik statistikani taqdim etdi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga asoslangan tahlilga köra, 22 yoşli Husanovning qiymati 50 million yevroni taşkil etmoqda. Saudiya Arabistoni terma jamoasiga jalb etilgan barça futbolçilarning umumiy qiymati esa 38 million yevroga teng.
Demak, özbekistonlik himoyaçining bir özi raqib jamoaning butun tarkibidan 12 million yevroga qimmatroq baholanmoqda.
Saudiya Arabistoni terma jamoasining eng qimmat futbolçisi Saud Abdulhamid hisoblanadi. Uning transfer bozoridagi qiymati 9 million yevro etib belgilangan.
Özbekiston milliy terma jamoasining umumiy bozor qiymati esa 81,83 million yevroga yetgan. Bu Saudiya Arabistoni körsatkiçidan ikki baravardan ham köproq.
"Al Arabiya" öz materialida Husanovni Osiyoning eng qimmatbaho futbolçisi sifatida ta’riflagan.