Tramp: Putinning G20 sammitiga kelishi foydali bo‘ladi (+video)
AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putinning G20 sammitida ishtirok etishini foydali bo‘lishini aytdi, deb xabar berdi DW nashri.
Bu sammit 2026-yil dekabrida Mayamida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, Tramp Rossiyaga rasmiy taklif berilgani haqida ma’lumoti yo‘qligini aytib, Putinning kelishini ham noma’lum deb ta’kidladi.
Avvalroq The Washington Post gazetasi Tramp Putinni sammitga taklif qilmoqchi ekanini xabar qilgan. Fransiya axborot agentligi esa bu orqali AQSH yuzaga kelgan xalqaro yakkallanishini yumshatishga urinayotgan bo‘lishi mumkin, deb xabar tarqatdi.
Kreml vakili Dmitriy Peskov hozircha Putinning sammitda qatnashishi haqida qaror qabul qilinmaganini bildirdi.
Rossiya TIV rahbar o‘rinbosari Aleksandr Pankin esa mamlakat ishtirok etish uchun taklif olganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala sammitga yaqin vaqtda hal qilinadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/OouFUVU6TmA" title="Tramp: Putinning G20 sammitiga kelishi foydali bo`ladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Salimjon Obidjonov, O‘zA