AQSH va Rossiya prezidentlari ishtirokida Budapeshtda o‘tkazilishi kutilayotgan sammit noma’lum muddatga kechiktirilgani ma’lum bo‘ldi. Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Donald Tramp Vladimir Putin bilan «behuda uchrashuv» o‘tkazishni xohlamasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala bo‘yicha qaror ikki kun ichida qabul qilinadi. RF Tashqi ishlar vazirligi esa shunday bo‘lsada sammitga tayyorgarlik davom etayotganini bildirgan.

Jurnalistlar Trampdan Putin bilan uchrashuvni kechiktirishga sabab nima ekanligini so‘rashdi. AQSH rahbari shunday javob berdi:

– Men uchrashuvning samarasiz bo‘lishini va vaqtimni behuda sarflashni istamayman, -dedi u. – Shuning uchun biroz kutamiz.

Tramp Moskva va Kiyevga jangovor harakatlarni to‘xtatish va mavjud front chiziqlarini saqlab qolishni taklif etganini eslatdi.

Undan Putin bilan telefon orqali suhbatdan so‘ng fikri nima uchun o‘zgargani va nega Budapeshtdagi sammitni vaqtini behuda ketkazish deb hisoblayotgani haqida aniqroq so‘ralganda, Tramp baribir savollarga qoniqarli javob bermagan.

– Nimalar bo‘lishini hech qachon oldindan bilmaymiz. Vaziyat tez o‘zgarmoqda, menimcha, kelasi ikki kun ichida nimalar rejalashtirayotganimizni ma’lum qilamiz, — degan u. 

Seshanba kuni Oq uyning yuqori lavozimli vakili jurnalistlarga Tramp Putin bilan yaqin orada uchrashish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi. Bu ma’lumot AQSH davlat kotibi Marko Rubio va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning telefon muloqotidan keyin paydo bo‘ldi. Bu suhbat uchrashuvga tayyorgarlik jarayoniga yomon ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin. 

Eslasangiz, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin va Tramp uchrashuvi ikki hafta ichida yoki undan biroz keyinroq bo‘lib o‘tishi mumkin, deb aytgan edi. Tramp ham 16 oktyabrda Putin bilan telefon suhbatidan so‘ng shunday degan edi. Biroq vaziyat o‘zgardi. 

“Reuters” manbasiga ko‘ra, ayrim yevropalik diplomatlar AQSH sammitdan butunlay voz kechishi mumkin, deb hisoblashmoqda. Bunga sabab qilib Rossiyaning qat’iy pozitsiyasi ko‘rsatilmoqda.

Uchrashuv oldidan rossiyaliklar juda ko‘p narsa talab qilishdi va amerikaliklar uchun Budapeshtda Tramp uchun foyda beradigan kelishuv bo‘lmasligi ayon bo‘lgan. Shunga qaramay, Budapeshtdagi uchrashuvdan rasman voz kechilmagan va sammitni Vengriyada o‘tkazish urinishlari «ehtimol, davom etmoqda», deya yozmoqda “Reuters”.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/JlftzEWNfFk" title="Tramp Putin bilan samarasiz uchrashuvni xohlamaydi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

K.Bekjonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp Putin bilan samarasiz uchrashuvni xohlamaydi (+video)