Davlatimiz rahbari raisligida 14 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida mamlakat bo‘ylab “Tozalik va ozodalik oyligi” e’lon qilindi.

Bu tashabbusning asosiy maqsadi aholida ekologik madaniyatni yuksaltirish, shahar va qishloqlarimizda tozalikni kundalik hayot tarziga aylantirishdir.

Qo‘qon shahrida ham tozalik bo‘yicha amaliy ishlarga jiddiy kirishildi. Qo‘qon shahar Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va ichki ishlar xodimlari boshchiligida tegishli tashkilotlar, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirokida obodonlashtirish va chiqindilarni yig‘ish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Shu bilan birga, mas’ul idoralar tomonidan nazorat ishlari ham kuchaytirildi. Masalan, Qo‘qon shahrining Muqimiy shaharchasi hududida olib borilgan tekshiruvlar davomida ayrim fuqarolar chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlagan yoki o‘z hududida tozalikka beparvo bo‘lgan holatlar aniqlandi.

Shuningdek, yangi qurilayotgan Texnopark hududidagi chuqurlik yoqasi ham noqonuniy chiqindixonaga aylantirilgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur hududda ham nazorat kuchaytirilib, chiqindilarni noqonuniy ravishda tashlayotgan fuqarolar ogohlantirildi. Barcha holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Ba’zi fuqarolar tozalik faqat kommunal xizmat yoki ekologlar vazifasi deb o‘ylashadi. Ammo atrof-muhitning ozodaligi har bir shaxsning fuqarolik burchi, jamiyat oldidagi mas’uliyatidir. Chiqindilarni o‘z joyiga tashlash kichik amal bo‘lsa-da, katta madaniyat nishonasi hisoblanadi. Shaharda ekoreydlar davom etmoqda. 

Bundan maqsad fuqarolarni faqat jarimaga tortish emas, ularni ongli ravishda tozalikka rioya qilishga o‘rgatish, har kimda o‘z hududi ozodaligi uchun javobgarlik hissini kuchaytirish.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/zIWUyyqQ3nM" title="Tozalik – xalqning madaniyati, yurtning go‘zalligi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova, A.Ahmedov (montaj), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tozalik – xalqning madaniyati, yurtning go‘zalligi (+video)