O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024 yil yanvar oyida Toshkent shahridagi uy-joy ijara narxlarini tahlil qildi.
Unga ko‘ra, o‘rtacha ta’mirlangan uy-joylar ijarasi dekabr oyiga nisbatan 0,1 foizga, to‘liq ta’mirlangan uylar esa 0,3 foizga arzonlashdi. O‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali va 2 xonali xonadonlar ijara narxi mos ravishda 0,3 va 0,4 foizga pasaygan. Shu bilan birga, 3 xonali uylar ijarasi 0,1 foizga, 4 xonali uylar esa 0,3 foizga qimmatlashgan.
Ushbu turdagi eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali – 297$, 2 xonali – 355$, 3 xonali – 415$, 4 xonali – 419$) va Olmazor (1 xonali – 293$, 2 xonali – 352$, 3 xonali – 419$, 4 xonali – 493$) tumanlarida kuzatilgan. Eng qimmat ijara narxlari esa Mirobod (1 xonali – 344$, 2 xonali – 512$, 3 xonali – 643$, 4 xonali – 705$) va Yakkasaroy (1 xonali – 383$, 2 xonali – 487$, 3 xonali – 677$, 4 xonali – 722$) tumanlarida qayd etilgan.
To‘liq ta’mirlangan uy-joylar ijarasida ham pasayish kuzatilgan. 1 va 3 xonali xonadonlar ijarasi 0,5 foizga, 2 xonalilar 0,7 foizga arzonlashgan. 4 xonali uylar ijarasi esa 0,5 foizga oshgan.
To‘liq ta’mirlangan xonadonlar orasida eng arzon ijara Sergeli (1 xonali – 321$, 2 xonali – 417$, 3 xonali – 513$, 4 xonali – 641$) va Uchtepa (1 xonali – 386$, 2 xonali – 450$, 3 xonali – 534$, 4 xonali – 624$) tumanlarida kuzatilgan. Eng qimmat ijara esa Mirobod (1 xonali – 485$, 2 xonali – 731$, 3 xonali – 1027$, 4 xonali – 1328$) va Shayxontohur (1 xonali – 521$, 2 xonali – 732$, 3 xonali – 1093$, 4 xonali – 1381$) tumanlarida qayd etilgan.
N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA