ÖzXDP deputatlik guruhlari saylovçilar işonçini oqlamoqda
Bobur nomli Andijon viloyati axborot-kutubxona markazida Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Andijon viloyat kengaşi hamda Demokratik jarayonlarni tahlil qiliş markazi viloyat hududiy bölinmasi hamkorligida “Mahalliy kengaşlar va siyosiy partiyalar örtasida hamkorlikni mustahkamlaş” mavzusida mahalliy kengaşlardagi partiya deputatlik guruhlari faoliyatini kuçaytiriş masalalariga bağişlangan forum bölib ötdi.
Tadbirda xalq deputatlari viloyat, tuman, şahar kengaşlaridagi ÖzXDP partiya guruhlari rahbarlari, partiyaning viloyat, tuman va şahar kengaşlari masʼul xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.


Forumni ötkazişdan közlangan asosiy maqsad, mahalliy vakillik organlarida ÖzXDP deputatlik guruhlarining qonun ijodkorligi va nazorat faoliyatini kuçaytiriş, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari manfaatlarini ifoda etiş, partiya saylovoldi dasturi ijrosini taʼminlaş hamda mahalliy kengaşlar kotibiyatlari bilan hamkorlikning samarali mexanizmlarini yölga qöyişdan iborat böldi.
Tadbir oçilişida Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Andijon viloyat kengaşi raisi vazifasini bajaruvçi Mansurali Maxsudov söz olib, ÖzXDP mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarida xalqçil taşabbuslarni ilgari suriş, fuqarolarning ijtimoiy tengligi hamda aholi turmuş darajasini oşirişda muhim siyosiy kuç sifatida samarali faoliyat olib borayotganligini taʼkidladi.
ÖzXDP Andijon viloyatidagi 17 ta mahalliy kengaşning har birida deputatlik guruhiga ega. Partiya mahalliy kengaşlarda 101 ta deputatlik örni bilan viloyatda kuçli va keng tarmoqli siyosiy tayanç bazani şakllantira olgan siyosiy kuç hisoblanadi.
Demokratik jarayonlarni tahlil qiliş markazi viloyat bölinmasi rahbari Farhodbek Otaxonov maʼruzasida deputatlar faoliyati samaradorligi hamda partiya guruhlari oldida turgan ustuvor vazifalar ijrosi tahlil qilindi.
Jumladan, joriy yilning 9 oyi davomida Andijon viloyati, şuningdek, tuman, şahar kengaşlarida partiya guruhlari taşabbusi bilan jami 44 ta qaror qabul qilingan bölsa, ularning qariyb yarmi, yaʼni 20 tasi aynan ÖzXDP deputatlik guruhlari hissasiga töğri keldi.

Şu örinda ÖzXDP taşabbusi bilan qabul qilingan qarorlarning barçasi partiyaning dasturiy maqsadlari va bevosita saylovçilar örtasida ötkazilgan jamoatçilik örganişlari asosida işlab çiqilganligini alohida qayd etiş örinli. Qolaversa, ana şu qarorlarning aksariyati aholi turmuş farovonligi, infratuzilma holati va ijtimoiy sohani yanada yaxşilaşga qaratilganligi bilan ajralib turadi.
Forum muhokamalari jarayonida erişilgan natijalarni mustahkamlaş bilan birga, kelgusida axborot makonida partiya faolligini yanada oşiriş, deputatlik guruhlarining media imkoniyatlarini kengaytiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Qizğin bahs va konstruktiv muloqot ruhida ötgan forum iştirokçilari muhokamadagi barça masalalar böyiça özaro fikr almaşdi, taklif va taşabbuslarni ilgari surdi.
Forum yakunida saylovçilar işonçini oqlaş, mahalliy vakillik organlarida partiya deputatlik guruhlari faolligini yanada kuçaytiriş böyiça qarorlar qabul qilindi.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri