Yakkasaroyda "Bayroq çellenji" ötkazildi
Özbekiston Davlat bayroğining qabul qilinganiga 35 yil tölişi munosabati bilan yurt böylab bayram tadbirlari ötkazilmoqda. Ulardan biri – Yakkasaroyda taşkil etilgan vatanparvarlik ruhidagi “Bayroq çellenji” böldi.
Mamlakatning ramzlari uning boy tarixi, qadriyatlari va siyosiy ifodasini aks ettiradi. Xususan, Vatan bayroği ham ana şunday muqaddas ramzlardan. Mustaqil Özbekistonimizning bayroği qabul qilinganiga 35 yil tölgani munosabati bilan yurtimiz böylab bayram şodiyonasi şukuhi kezib yuribdi.
Ana şunday tadbirlarning namunasi ölaroq, Yakkasaroyda ham vatanparvarlik ruhi, milliy ğurur va iftixor bir maydonda mujassam böldi.18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan tuman hokimligi taşabbusi bilan özgaça ruhdagi “Bayroq çellenji” taşkil etildi.

Bayram dasturi “NEXT MALL” savdo markazining markaziy xollida taşkil etildi. Unda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi harbiy orkestri jonli ijrosi ham alohida ajralib turdi. Vatanparvarlik ruhidagi kuylar yurtdoşlarimizga kötarinki kayfiyat, unutilmas taassurot va çeksiz iftixor tuyğularini ulaşdi.
Orkestr sadolari ostida hilpiragan muqaddas bayroğimiz qalblarda Vatanga muhabbat, milliy ğurur va birdamlik tuyğularini yanada jöş urdirgan bölsa, ne ajab.
Şerbek Islomov,
ÖzA