Toşkent viloyati va poytaxtda çiqindilarni boşqariş tizimida qanday masalalar bor?
Bugungi kunda çiqindilarni samarali boşqariş ham iqtisodiy, ham ekologik jihatdan dolzarb ahamiyatga ega masala hisoblanadi.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasining bir guruh deputatlari “Çiqindilar töğrisida”gi qonun loyihasini ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayonida sohadagi mavjud amaliyot hamda dolzarb muammolarni tahlil etiş maqsadida Toşkent viloyati va Toşkent şahridagi çiqindilarni boşqariş tizimi muassasalari faoliyatini örgandi.
“Angren Bunyod Fayz” xususiy korxonasining Olmaliq şahar filialidagi örganişlarda maişiy çiqindilarni yiğiş, olib ketiş, saralaş va qayta işlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan tanişildi. Korxonada faoliyat yuritayotgan 179 nafar xodim Olmaliq va Nurafşon şaharlari hamda Ohangaron va Örta Çirçiq tumanlaridagi 316 ming nafar jismoniy va yuridik şaxslarga sanitar tozalaş xizmatlarini körsatib kelmoqda.
Xalq vakillari örganişlar mobaynida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida korxonaga qaraşli böş maydonga daraxt köçatlarini ekdi.

Şundan söng işçi guruh aʼzolari hududdagi yirik loyiha — Örta Çirçiq tumani “Boyovul” MFY hududida taşkil etilayotgan “Çiqindilarni qayta yuklaş stansiyasi”ni közdan keçirdi. Bu yerga hududlardan jami 63 ta maxsus texnika orqali bir kunda 1 323 m³ qattiq maişiy çiqindi olib kelinişi rejalaştirilmoqda. Özaro muloqotlarda çiqindilarni yiğiş, taşiş va qayta işlaş jarayonlaridagi mavjud holat, infratuzilma imkoniyatlari hamda tizimda yeçimini kutayotgan masalalarga eʼtibor qaratildi.

Şuningdek, örganişlarda Ohangaron tumanida “China CAMC Engineering Co., Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan yirik investitsiya loyihasi bilan ham tanişildi. Çiqindilarni qayta işlaşga qaratilgan, umumiy qiymati 240 million dollarni taşkil etuvçi mazkur zavod kuniga 2,5 ming tonna qattiq maişiy çiqindini termik usulda qayta işlaş va yiliga 390 million kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqariş quvvatiga ega böladi.

Bundan taşqari, xalq vakillari Toşkent şahrida tibbiyot çiqindilarini termik usulda qayta işlaş loyihasi hamda plastik, şişa va alyuminiy içimlik idişlarini qabul qilişga möljallangan fandomatlar faoliyati bilan ham tanişdi. Fandomatlar orqali aholi saralangan idişlarni topşirib, har biri uçun 150 söm miqdorida rağbat olişi mumkin.

Örganişlar davomida çiqindini joyida saralaş, çuqur qayta işlaş orqali iqtisodiy aylanmaga kiritiş hamda zamonaviy texnologiyalar asosida muqobil energiya manbaiga aylantiriş borasidagi masalalar tahlil qilindi. Uşbu tahlillar va amaliyotdagi masalalar “Çiqindilar töğrisida”gi qonun loyihasini maromiga yetkazişda muhim asos böladi.
M.Komilova,
ÖzA