MDH Parlamentlararo assambleyasi yalpi majlisida Özbekiston taşabbuslari ilgari surildi
Turkmanistonning Avaza şahrida Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi (MDH) Parlamentlararo assambleyasi (PA)ning 61-yalpi majlisi bölib ötdi.
Yalpi majlisda parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantiriş, milliy qonunçilikni uyğunlaştiriş, iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva assambleya doirasida qabul qilinayotgan namunaviy qonunlar va tavsiyalarni milliy qonunçilikka tatbiq etiş borasida Özbekistonda amalga oşirilayotgan işlarga eʼtibor qaratdi.

Xususan, xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş, soğliqni saqlaş tizimini raqamlaştiriş, tibbiy hujjatlarni özaro tan oliş hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini taʼminlaş sohalaridagi hamkorlikning ahamiyati taʼkidlandi.
Özbekistonning 2027-yilda MDH PAga raislik qilişi doirasida parlamentlararo hamkorlikning ustuvor yönalişlari yuzasidan qator taklif va taşabbuslar ilgari surildi.
Qöşma investitsiyaviy va texnologik loyihalarni amalga oşiriş uçun huquqiy şaroitlarni takomillaştiriş, özaro savdodagi tösiqlarni qisqartiriş, terrorizm, ekstremizm va kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşişda hamkorlikni kuçaytiriş, şuningdek, taʼlim va ilm-fan sohalaridagi aloqalarni kengaytiriş şular jumlasidan.
2027-yil MDHda Huquqiy maʼrifat yili deb eʼlon qilingani munosabati bilan assambleya şafeligida parlament aʼzolari, huquqşunoslar, pedagoglar va yoşlar iştirokida turkum uçraşuvlar taşkil etiş taşabbusi bildirildi.
MDH PA yalpi majlisi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Turkmaniston Mejlisi Raisi Dunyogözal Gulmanova bilan uçraşdi.

Uçraşuvda Özbekiston va Turkmaniston örtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlaş hamda uni yangi mazmun bilan boyitiş masalalari muhokama qilindi.
Ikki mamlakat parlamentlari örtasidagi özaro işonç va amaliy hamkorlik özbek va turkman xalqlari örtasidagi azaliy döstlik va strategik şeriklik munosabatlarini yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qilayotgani qayd etildi.
2027 - 2028-yillarga möljallangan parlamentlararo hamkorlik böyiça «yöl xaritasi»ni işlab çiqiş, parlamentlararo hamkorlik guruhlari faoliyatini jonlantiriş, şuningdek, parlament qömitalarining özaro hamkorligini faollaştiriş yuzasidan takliflar bildirildi.
Markaziy Osiyo davlatlari yetakçi ayollari muloqoti doirasidagi hamkorlik masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, xotin-qizlarning ilm-fan, innovatsiyalar va tadbirkorlik sohalaridagi imkoniyatlarini kengaytiriş, ayol olimlar va tadbirkorlar örtasida özaro tajriba almaşiş hamda hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş yuzasidan fikr almaşildi.
***
MDH PA tadbirlari doirasida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengaşi Raisi Valentina Matviyenko bilan uçraşdi.

Unda Özbekiston va Rossiya örtasida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantiriş va hududlararo aloqalarni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Özaro hamkorlik böyiça komissiyaning faoliyatiga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, komissiyaning 2027-yilga möljallangan iş rejasini işlab çiqiş, hududlarda amalga oşirilayotgan qöşma loyihalarni parlamentlar tomonidan qöllab-quvvatlaş masalalari körib çiqildi.
Hududlararo hamkorlikni rivojlantiriş masalalari ham uçraşuvning muhim mavzularidan biri böldi. Qayd etilganidek, Özbekistonning 14 ta hududi Rossiyaning 50 dan ortiq subʼektlari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Sanoat, energetika, qişloq xöjaligi va logistika sohalarida 200 dan ziyod qöşma loyihalar amalga oşirilmoqda.
Uçraşuvda taʼlim, madaniyat va gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytiriş masalalari yuzasidan ham fikr almaşildi.
N.Abduraimova,
ÖzA