Çotqol etaklaridan poytaxt sari: Parkentga kirib kelgan temir yöl nafasi
Çotqol toğ tizmasi etaklarida joylaşgan Parkent azaldan musaffo havosi, şirin-şakar uzumi va mehnatkaş, mehmondöst odamlari bilan tanilgan.
Poytaxtga yaqin bu tuman bugun nafaqat boğdorçilik va uzumçilik ölkasi, balki turizm maskani sifatida ham tilga tuşmoqda.
Toğ yonbağirlaridagi dam oliş maskanlari, Kumuşkon kabi sölim göşalar yilning har faslida mehmonlarni öziga çorlaydi. Turizm rivoji tumanning ijtimoiy hayotiga ham yangi nafas olib kirmoqda. Mehmon köpaygani sari xizmat körsatiş sohasi kengayib, tadbirkorlar uçun yangi imkoniyatlar oçilmoqda. Sayyoh uçun ham, har kuni poytaxtga işga yoki öqişga qatnaydigan parkentlik uçun ham eng katta qulaylik, bu, yöldir. Şu yili foydalanişga topşirilgan Parkent vokzali va elektropoyezd qatnovi tumanni Toşkentga yanada yaqinlaştirdi.
Joriy yilning 20-noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev ham Parkent tumaniga aynan şu yangi temir yöl orqali, elektropoyezdda taşrif buyurdi. Taşrif davomida davlatimiz rahbari Kumuşkondagi yangi turizm majmualari bilan tanişdi.
Xöş, yangi qatnov aholiga qanday qulayliklar bermoqda? Bu haqda “Özbekiston temir yöllari” aksiyadorlik jamiyatining “Şahar atrofida yölovçi taşiş” masʼuliyati çeklangan jamiyati direktori örinbosari Nodirbek Törayev şunday deydi:
“Parkent aholisi ilgari Toşkent şahriga faqat mikroavtobus va yönalişli avtotransportlarda qatnagan. Yangi poyezd tuman aholisi, ayniqsa, poytaxtga qatnovçilar uçun juda katta qulaylik va imkoniyat yaratmoqda.

“Elektropoyezdimiz har kuni ertalab soat 6:47 da Parkent vokzalidan yölga çiqib, bir soatdan sal köproq vaqtda Toşkent şahriga yetib boradi. Poyezd oltita vagondan iborat bölib, bir vaqtning özida 586 nafar yölovçiga xizmat körsata oladi.
Yölovçilar poytaxtga hamyonbop narxda yetib olişmoqda, çipta narxi 10 ming söm. Ularga yanada kengroq şaroit yaratiş maqsadida oylik abonement çiptalarini ham joriy qildik.
Parkent vokzalining kutiş zali 50 öringa möljallangan. Binoda savdo dökonlari, dam oliş va tibbiyot xonalari, bepul Wi-Fi hamda elektron çipta sotiş qurilmalari mavjud”.
Bugun Parkent yirik turizm markaziga aylanmoqda. Şu bois yangi vokzal va elektropoyezd mahalliy va xorijiy sayyohlar uçun ham ayni muddao böldi. Qatnov vaqtlari ham sayohatçilarning rejasiga juda mos.

Parkentga kirib kelgan temir yöl şunçaki yangi yönaliş emas, balki olib borilayotgan islohotlarning odamlar kundalik hayotida körinayotgan amaliy samarasidir. Keçagina mikroavtobus kutib yöl azobini tortgan parkentlik bugun bir soatda, qulay va arzon narxda poytaxtga yetib bormoqda. Yöl yaqinlaşgani sari esa tumanga sayyoh ham, sarmoya ham kirib kelmoqda. Demak, islohotning asl mezoni qoğozdagi raqamlar emas, inson uçun yaratilgan aniq qulaylikdir. Parkent misoli buni yaqqol körsatib turibdi.
Marhabo HOJIAKBAROVA,
ÖzA