To‘g‘ri ovqatlanish – sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning eng asosiy mezonidir. Shu bois, mamlakatimizda inson salomatligini mustahkamlash, aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan “Sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish – salomatlik asosi” mavzusidagi davra suhbati ayni masalalarga qaratildi.

Ta’kidlanganidek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yo‘nalishida qator farmon va qarorlar qabul qilingan. Jumladan, davlatimiz rahbarining “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar “A” vitamini, 2-10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar, 3-15 yoshdagi bolalar yod preparati hamda 35 yoshgacha tug‘ish yoshidagi ayollar, homilador va bola emizuvchi ayollarga esa temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul ta’minlanishi yo‘lga qo‘yildi.

Mutaxassislar tomonidan jismoniy faollik, ovqatlanish me’yor va qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida tuz, qand, yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan taom va shirinliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish, yetarli darajada vitamin va minerallar iste’mol qilmaslik oqibatida yoshlarda ratsional o‘sish va aqliy rivojlanishda ortda qolish, kattalarda esa yurak qon-tomir, endokrin, xavfli o‘sma kabi insonning erta o‘limiga olib keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi ta’kidlandi.

Davra suhbatida ayni kunlarda “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi quyi palatada ikkinchi o‘qishga tayyorlanayotgani, unda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy tamoyillari, sohada vakolatli davlat organi belgilanayotgani alohida qayd etildi.

Deputatlar sohada olib borilayotgan ishlarni e’tirof etib, fuqarolarning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, sog‘lom ovqatlanish sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, bolalarda sog‘lom ovqatlanish tarbiyasini shakllantirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohaza va takliflarini bildirdi.

M.Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘g‘ri ovqatlanish – salomatlik garovi