Musiqa va nafosat uyg‘unlashgan oqshom
FOTOREPORTAJ
Namanganda davom etayotgan 65-xalqaro Gullar festivali doirasida “Yangi O‘zbekiston bog‘i” yozgi amfiteatrida O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining “Ochiq osmon ostida” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Madaniy tadbirda bosh dirijyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston davlat akademik katta teatri direktori Alibek Kabduraxmonov boshchiligidagi orkestr tomonidan jahon va milliy klassik musiqaning sara namunalari jonli ijroda taqdim etildi.
[gallery-2978]
Yuksak mahorat va musiqiy uyg‘unlikka boy chiqishlar san’at muxlislarida katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, Jenisbek Piyazov ijrosida yangragan mashhur qo‘shiqlar tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligida davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, viloyat faollari, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etdi.
Kecha davomida mehmonlar va festival qatnashchilari musiqa va nafosat uyg‘unlashgan betakror muhitdan zavq oldi. “Ochiq osmon ostida” konsert dasturi madaniy hordiq bilan birga milliy va jahon musiqiy merosini targ‘ib etuvchi san’at bayrami sifatida ishtirokchilar xotirasida qoldi.
65-xalqaro Gullar festivali yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA