Markaziy bankning ma’lum qilishicha, joriy yilning may oyida tijorat banklari ipoteka kreditlari qoldig‘i 432 mlrd. so‘mga o‘sgan. O‘tgan yilning may oyida esa banklarning ipoteka portfeli 918 mlrd. so‘mga o‘sgan edi.

Negizini avtokreditlar tashkil etuvchi iste’mol kreditlarining o‘sishi 168 mlrd. so‘mni tashkil etgan. O‘tgan yilning shu davrida qariyb 20 barobar ko‘proq, 3,1 trln. so‘mlik o‘sish qayd etilgan edi.  

Banklarning jami kredit qo‘shilmalari oy davomida 6,7 trln. so‘mga o‘sgan va 490,3 trln. so‘mga yetgan. Oylik o‘sishning 2,5 trln. so‘mi chakana, 4,2 trln. so‘mi korporativ kreditlarga to‘g‘ri kelgan (davlat banklarining faolligi hisobiga).  

Davlat banklarining kredit portfeli 4,3 trln. so‘mga, xususiy banklarniki 2,4 trln. so‘m o‘sgan. Davlat banklaridagi kredit faolligi bilan bir vaqtda muammoli kreditlarning sezilarli kamayishi ham qayd etilgan.  

Ulushda eng katta muammoli kreditlarga ega bo‘lgan "Octobank" zaxiralar hisobidan NPL qoldig‘ini to‘liq nollashtirgan. Jami muammoli kreditlar qoldig‘i 2,4 trln. so‘mga, 20,9 trln. so‘mgacha qisqargan NPL ulushi 4,8 foizdan 4,3 foizgacha tushgan.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tijorat banklarida ipoteka kreditlari qoldig‘i 432 milliard so‘mga o‘sgan