Tibbiyot muassasalaridagi yutuq va kamçiliklar örganilmoqda
Bugungi kunda mamlakatimizda soğliqni saqlaş tizimida muhim islohotlar amalga oşirilib, tibbiy xizmatni aholiga yaqinlaştiriş, uning sifati va tezkorligini taʼminlaşga ustuvor ahamiyat qaratib kelinmoqda.
Uşbu sohadagi saʼy-harakatlar kasalliklarning oldini oliş hamda tibbiyot muassasalarida barça fuqarolar uçun teng imkoniyatlar yaratişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tizim muassasalarida yaratilayotgan şart-şaroitlar xalq vakillarining doimiy eʼtibor markazida bölib keladi. Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari joylardagi örganişlari davomida qator tibbiyot muassasalarida bölib, ularning faoliyatini yaqindan örganişmoqda.
Jumladan, deputatlar B.Alixonov va O.Litvinova poytaxtimizning Çilonzor tumanidagi 35-son oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanişdi. Deputatlar muassasa faoliyati, aholiga körsatilayotgan birlamçi tibbiy-sanitariya yordami va yaratilgan şaroitlarni örgandi. Maʼlum qilinişiça, bugungi kunda poliklinikada 170 nafar tibbiyot xodimi faoliyat yuritib, 10 ta mahallada istiqomat qiluvçi 45 mingdan ortiq aholiga tibbiy xizmat körsatmoqda.

Örganiş davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga, xususan, nogironligi bölgan şaxslarga tibbiy yordam körsatiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Ayni paytda poliklinikada II va III guruh nogironligi bölgan 700 nafar hamda I guruh nogironligi bölgan 72 nafar fuqaro röyxatda turadi. I guruh nogironligi bölgan fuqarolar uçun muntazam uy patronaj xizmati yölga qöyilgan bölib, zarur hollarda tor soha mutaxassislari tomonidan onlayn maslahatlar ham taşkil etiladi.
Şuningdek, deputatlar DMED raqamli tibbiyot tizimi asosida faoliyat yuritayotgan elektron röyxatga oliş bölimi, oilaviy şifokorlar xonalari, körik va ultratovuş diagnostikasi xonalari faoliyati bilan ham yaqindan tanişdi.
****
Deputat Gulnoraxon Abduvohidovaning Izboskan tuman köp tarmoqli markaziy poliklinikasidagi örganişlari ham samarali keçdi. Taşrif davomida tibbiyot muassasasida joriy etilgan DMED yagona elektron axborot tizimining işlaş jarayoni, uning tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş, maʼlumotlar almaşinuvini tezlaştiriş hamda aholi uçun qulayliklar yaratişdagi ahamiyati bilan yaqindan tanişildi.

Tibbiyot xodimlari bilan muloqot çoğida soha rivojini taʼminlaş, tibbiy xizmat körsatiş samaradorligini oşiriş, tizimda qonun ustuvorligini mustahkamlaş va korrupsiyaga qarşi kuraşiş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Poliklinikada internet tezligi pastligi sababli DMED elektron axborot tizimidan samarali foydalanişda qiyinçiliklar yuzaga kelayotgani aniqlandi. Deputat kömagi bilan tegişli mutasaddi taşkilot vakillari jalb qilinib, mavjud kamçilikni bartaraf etiş çoralari körildi. Natijada internet tezligi bilan boğliq muammo joyida ijobiy hal etildi.
M.Komilova,
ÖzA