Mutaxassis: uy şaroitida tayyorlangan va işonçsiz konserva mahsulotlarini isteʼmol qilmang
Biz ayollarning qişga oziq-ovqat ğamlaş, xususan, uy şaroitida konserva mahsulotlari tayyorlaş odatimiz bor. Har yili bahor-yoz oylarida oila aʼzolarimizni öylab, dasturxon tökinligi hamda qiş-bahor fasllarida sarxil neʼmatlardan bahramand böliş maqsadida turli meva va sabzavotlardan konservalar tayyorlaymiz. Albatta, oilamiz, farzandlarimizga mehr va ğamxörlik körsatiş niyatida qiladigan bu xayrli işlarimiz tahsinga loyiq.
Biroq tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya mutaxassislari bunday ğamxörlik ayrim hollarda aks taʼsir qilib, inson soğliği uçun jiddiy xavf tuğdirişi, hatto ölimga olib kelişi mumkinligidan muntazam ogohlantirib keladi. Xususan, uy şaroitida, sanitariya va texnologik talablarga töliq rioya etilmagan holda tayyorlangan konserva mahsulotlari botulizm kabi öta xavfli yuqumli xastalikka sabab bölişi ehtimoli yuqori.
Xöş, botulizm aslida qanday kasallik? U nima uçun aynan uy şaroitida tayyorlangan konserva mahsulotlari orqali yuqadi va inson organizmiga qanday taʼsir körsatadi?
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi boş mutaxassisi, tibbiyot fanlari nomzodi Abdurahmon Ismoilov bu haqda batafsil maʼlumot berdi:
– Ovqatdan zaharlaniş kasalliklari içida eng oğir keçadigani va inson hayoti uçun öta xavfli bölgani botulizm kasalligidir. Uning qözğatuvçisi klostridiy deb ataluvçi bakteriya bölib, aynan şu mikroorganizm kasallikni yuzaga keltiruvçi asosiy omil hisoblanadi. Mazkur bakteriyaning öziga xos xususiyati şundaki, u köproq anaerob, yaʼni kislorodsiz şaroitda tez rivojlanadi va avjiga çiqadi.
Respublika miqyosida röyxatga olinayotgan botulizm kasalligi holatlari tahlil qilinganda, bularning asosiy sababçisi aynan uy şaroitida tayyorlangan sabzavotli konserva mahsulotlaridir.
Şu örinda yurtdoşlarimizga murojaat qilib aytmoqçimanki, avvalambor, uy şaroitida konserva mahsulotlarini umuman tayyorlamang. Çunki botulizm kasalligining yuzaga kelişiga sababçi böladigan bakteriya sporalari tabiatda, xususan, tuproqlarda doimiy ravişda mavjud böladi. Yetiştirilayotgan poliz va sabzavot ekinlari esa bevosita tuproq bilan aloqada böladi. Şu bois pomidor böladimi, baqlajonmi, bodringmi yoki karammi – ulardan uy şaroitida konserva mahsuloti tayyorlanmasligi zarur.
Aytaylik, siz uy şaroitida şişa idişni, yaʼni bankangizni juda töğri va çiroyli qilib yuvdingiz. Qolaversa, konserva qilinadigan sabzavot mahsulotlarini ham obdon tozalab yuvdingiz, deylik. Lekin şuni unutmaslik kerakki, heç kim uy şaroitida, yirik sanoat korxonalaridagi kabi mahsulotga töliq termik işlov beriş jarayonini bajara olmaydi. Çunki uy şaroitida bunday yuqori harorat va bosim ostidagi texnologik jarayonni amalga oşirişning imkoni yöq. Uydagi qaynatiş va termik işlov beriş jarayonida botulizmni yuzaga keltiruvçi toksin, yaʼni zahar yöq bölişi mumkin, lekin uning sporasini uy şaroitidagi oddiy termik işlov beriş orqali yöq qilişning mutlaqo iloji yöq. Germetik yopilgan, kislorodsiz idiş içida qolgan öşa sporalar vaqt ötişi bilan rivojlanib, zahar işlab çiqara boşlaydi.
Uşbu bakteriyalar inson organizmiga tuşgandan keyin özidan öta kuçli zahar ajratadi. Organizmga tuşgan zahar miqdoriga qarab, u eng avvalo, insonning markaziy va periferik asab tolalarini şikastlaydi. Buning oqibatida bemorda nafas oliş, yurak-qon tomir tizimi, oşqozon-içak faoliyati va boşqa muhim içki aʼzolar işining birin-ketin buzilişi yuzaga keladi. Oxir-oqibat bu holat insonda öpka-yurak yetişmovçiligi kabi öta oğir asoratlarga va köp hollarda bemor hayotining xavf ostida qolişiga olib keladi.
Şu bois, biz mutaxassislar aholini özlari va yaqinlari salomatligiga befarq bölmaslikka, uy şaroitida konserva mahsulotlari tayyorlaşdan voz keçişga hamda sanoat usulida, barça sanitariya va texnologik meʼyorlarga rioya etilgan holda işlab çiqarilgan, sifat sertifikatiga ega mahsulotlarni isteʼmol qilişga çaqiramiz. Agar konserva mahsulotlari isteʼmolidan söng köngil aynişi, qorinda oğriq, köriş qobiliyatining xiralaşişi, yutiniş va nafas olişning qiyinlaşişi kabi belgilar kuzatilsa, zinhor vaqtni boy bermasdan zudlik bilan şifokorga murojaat qiliş zarur.
Mohigul Qosimova,
ÖzA