Andijonda joriy yilda 79 mingga yaqin zamonaviy suv hisoblagiç örnatiladi
“Andijon suv taʼminoti” AJ tomonidan 2026-yilda aholi va tadbirkorlik subʼektlarini zamonaviy suv hisoblagiç uskunalari bilan taʼminlaş, içimlik suvidan oqilona foydalaniş borasida amalga oşirilgan işlar yuzasidan matbuot anjumani ötkazildi.
Ommaviy axborot vositalari, davlat, nodavlat taşkilotlari matbuot xizmatlari vakillari iştirok etgan anjumanda mutasaddilar tomonidan joriy yilning ötgan davrida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktabrdagi «Içimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori ijrosi, xususan, aholi va tadbirkorlik subʼektlarini zamonaviy suv hisoblagiç uskunalari bilan taʼminlaş böyiça maʼlumotlar berildi.
– Qayd etilgan qaror ijrosi doirasida 2026-yilda viloyat böyiça 78 ming 793 ta zamonaviy, yangi suv hisoblagiç örnatiş rejalaştirilgan, – deydi “Andijon suv taʼminoti” AJ direktori Dilşodbek Qöldoşev. – Yilning şu davriga qadar tizim xodimlarining saʼy-harakati va aholining faolligi bilan 61 ming 909 ta uskuna örnatilib, yillik reja 79 foizga bajarildi. Belgilangan reja yil oxiriga qadar yuz foiz amalga oşiriladi.
Şu örinda Andijon, Xonobod şaharlari, Qörğontepa, Uluğnor va Baliqçi tumanlarida bu boradagi işlar namunali olib borilayotganligi, isteʼmolçilar hisoblagiçlardan samarali foydalanib kelayotganligini alohida eʼtirof etiş örinlidir.


Suv hisoblagiçning örnatilişi suv resursini tejaş bilan birga, isteʼmolçi uçun ham foydalidir. Birinçi navbatda, bu oila byudjetini iqtisod qilişga yordam beradi, çunki isteʼmolçi ortiqça sarf-xarajat qilmasdan, faqat amalda işlatgan suv hajmi uçungina tölov qiladi. Bu öz-özidan suvdan tejamkorlik bilan, oqilona foydalaniş madaniyatini şakllantiradi. Eng muhimi, hisoblagiç orqali tölov tizimiga ötiş aholi örtasida kelib çiqiş xavfi bölgan turli tuşunmovçiliklar va noreal qarzdorliklarning oldini olişga xizmat qiladi.
Anjumanda mutaxassislar tomonidan hisoblagiç örnatişda belgilangan meʼyor va qoidalar haqida ham maʼlumotlar berildi. Jumladan, isteʼmolçi Özbekiston Respublikasida foydalanişga ruxsat etilgan, tegişli muvofiqlik hujjatlariga ega bölgan va davlat röyxatidan ötib, yagona reyestrga kiritilgan hisoblagiçni tanlaşi zarur ekanligi, uskuna davlat standarti talablari asosida, uning texnik pasportida körsatilgan maxsus örnatiş sxemasiga muvofiq montaj qilinişi şartligi alohida taʼkidlandi.

Qayd etilişiça, jarayon isteʼmolçilar uçun ança soddalaştirilgan: mijoz dastlab hisob raqam oçiş uçun suv taʼminoti korxonasiga murojaat qiladi, söngra öziga qulay joydan talabga javob beradigan hisoblagiçni xarid qilib, örnatadi. Şundan keyin «Yagona darça» markazi yoki bevosita suv taʼminoti taşkilotiga uskunaga plomba va muhr bosiş uçun ariza qoldiriladi. Yakuniy bosqiçda soha metrologi xonadonga kelib, örnatilgan hisoblagiçni közdan keçiradi, unga maxsus plomba örnatadi va maʼlumotlarni elektron bazaga kiritadi.
Anjumanda jurnalistlar mavzu doirasida özlarini qiziqtirgan barça savollarga mutasaddi va mutaxassislardan batafsil javob oldi.

Kuning ikkinçi yarmida Xöjaobod tumanidagi suv hisoblaş uskunalarini işlab çiqaruvçi «SANCHUAN TECHNOLOGY» korxonasiga press-tur taşkil etildi. Iştirokçilar korxonada aqlli suv hisoblaş uskunalarini işlab çiqariş jarayoni bilan yaqindan tanişdi, şuningdek, zamonaviy hisoblagiçlarning texnik imkoniyatlari, qulayliklari va afzalliklari haqida keng maʼlumotlar oldi.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri