O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi «Tenge Bank» ATB tomonidan reklamaga oid qonunchilik buzilganini aniqladi.

Qo‘mitaning axborotida aytilishicha, reklama materiali “Tenge 24”  platformasi orqali ommaviy axborot vositalarida joylashtirilgan. Unda 50 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda “oson” onlayn-mikroqarz olish taklif etilgan. Ammo “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 43-moddasi talablariga  rioya etilmagan holda moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda mikroqarzning yillik foiz stavkasi,  mikroqarz muddati va  miqdori kabi shartnomaning muhim shartlari ko‘rsatilmagan.

Shu bois, qo‘mitaning maxsus komissiyasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning  tegishli moddalari  talablarini buzganlik  to‘g‘risida ish ochdi.  «Tenge Bank» jarimaga tortilib,  aniqlangan qonunbuzarlikni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma oldi. 

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Tenge Bank» mikroqarz reklamasi uchun jarimaga tortildi