Aks-sado

2024 yil 26 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi sifatini yaxshilash chora-tadbirlariga oid taqdimotlar bilan tanishdi. Yurtimizdagi 10 ming 284 ta maktabning sharoitlarini yaxshilash, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘p ishlar qilinganini ta’kidlash joiz. O‘tkazilgan taqdimotda erishilgan yutuqlar haqida gapirilar ekan, hozirgacha 208 ta maktabning yuqori sinf o‘quvchilariga 3 ta yo‘nalish bo‘yicha kasbga o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgani, chet tilini bilish sertifikatiga ega bo‘lgan maktab bitiruvchilari soni oxirgi ikki yilda 6 ming nafardan 18 mingga yetgani ta’kidlandi.

Pedagoglarning bilim va mahorati masalasi alohida e’tiborga olinishi, bunda malaka oshirish markazlari roli katta ekanligi, biroq ularning eskicha ishlayotgani, ilmiy salohiyati yuqori emasligi qayd etildi. Shuning uchun ham 14 ta hududdagi malaka oshirish markazlarining faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish dasturlarini joriy etish vazifasi qo‘yildi. Maktablarda xorijiy til bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalarini bu bilan uyg‘unlashtirish zarurligi, xorijiy tilni intensiv tarzda o‘rgatish amaliyotini ham kengaytirish lozimligi alohida aytib o‘tildi.

Yig‘ilishda aytilishicha, ta’limning barcha bo‘g‘inlarida islohotlarni yagona konsepsiya asosida amalga oshirish bo‘yicha Loyiha ofisi tashkil qilinadi. U bog‘cha, maktab, kasbiy hamda oliy ta’limda o‘quv standarti va dasturlarini ilg‘or tajribalar asosida ishlab chiqishga mas’ul bo‘ladi. Bu kabi ishlar va maktablar faoliyatining rivoji uchun oliy ta’lim muassasalarining o‘rni katta. Maktab ta’limi uchun 2024–2025 o‘quv yilidan boshlab maktablarda “Hayot maktabi” dasturi asosida pedagogik sinflar tashkil qilinishi to‘g‘risidagi loyihaning qabul qilinishi doirasida pedagogika oliy o‘quv yurtlarini maktablarga biriktirish va pedagogik sinflarda dars o‘tadigan professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish vazifasi qo‘yilgan. 

Buxoro davlat pedagogika institutida Buxoro viloyatidagi maktablarda pedagogik sinflar tashkil qilish va ularga sifatli ta’lim berish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tuzilgan bo‘lib, institutning salohiyatli professor-o‘qituvchilarining mazkur sinflarga darslar o‘tishi bo‘yicha vazifalar belgilab olingan. Viloyat maktablarida institut kafedralari filiallarini tashkil qilish tizimli yo‘lga qo‘yilgan, maktablar bilan doimiy ravishda seminar-treninglar o‘tkazish, pedagogika yo‘nalishiga qiziqadigan maktab o‘quvchilarining kelgusidagi o‘qish faoliyatini tizimli ravishda aniqlashtirib olgan holda ularga amaliy ko‘maklashish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan. Bugungi kunning dolzab masalasi bo‘lgan yoshlar ta’limiga e’tibor masalasi har bir insonning burchi sanaladi.

Maktab ta’limida nafaqat o‘qituvchilar, balki mahallalardagi faollar, qolaversa, mahalla “yettiligi” faoliyatini kuchaytirish, yoshlarning bilimli va kasb-hunar egallashlarida hamma birlashishi lozim. “Mahalladagi muhit, aholi bandligi ko‘p jihatdan yoshlar ta’lim-tarbiyasiga bog‘liq. Shunday ekan, mahalla raisi ota-onalar bilan birga maktablar hayotida faol qatnashishi, yoshlarning bilimi va kasb egallashiga e’tiborli bo‘lishi kerak” deydi Shavkat Mirziyoyev. Ertangi kunni o‘ylab, taraqqiyotni ko‘zlagan jamiyatgina ta’limga e’tiborni kuchaytiradi. Zero, mamlakatimizning kelgusidagi taraqqiyoti kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodning aql-zakovati, ma’naviyatiga bog‘liqdir.

Bahodir Ma’murov,
Buxoro davlat pedagogika instituti rektori,
pedagogika fanlari doktori, professor. 

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’limga e’tibor –kelajakka e’tibor