Tabiat bolalar nigohida
Surxondaryo viloyati Denov tumanida “Tabiat bolalar nigohida” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ishtirokidagi bu ijodiy bellashuv bolajonlar uchun nafaqat sinov, balki tabiatni sevish va qadrlash tuyg‘ularini ifoda etish imkoniyati bo‘ldi.
Ranglar jilosi, qushlar sayrashi, daraxtlarning barq urgan barglari, mehr bilan chizilgan tabiat manzaralari kichkintoylarning musavvir qalbi orqali jonlangan. Har bir asarda samimiylik, quvonch, orzu va tabiatga bo‘lgan cheksiz muhabbat aks etdi.
[gallery-24358]
Tanlov yakunida eng yaxshi ijodiy ishlar alohida e’tirof etilib, g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Qizlar orasida Bandixon tumanidan Zarina O‘ktamova birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Jarqo‘rg‘on tumanidan Mehrangiz Normo‘minova ikkinchi o‘rin bilan taqdirlangan bo‘lsa, Uzun tumanidan Anisa Fayzullayeva uchinchi o‘rinni egalladi.
O‘g‘il bolalar orasida esa Muzrabot tumanidan Yuksal Axmatovning ishi hakamlar hay’atining eng yuqori bahosiga sazovor bo‘lib, birinchi o‘rinni egalladi. Qumqo‘rg‘onlik Umar Murotaliyev va Shahboz Shoto‘rayev mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Qf1jnrkROnY" title="Tabiat bolalar nigohida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat va video), O‘zA