Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali Termiz davlat universitetida “Surxon vohasining insoniyat sivilizatsiyasidagi o‘rni: moddiy va nomoddiy madaniyat asoslari" mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bilan boshlandi.

Unda Fransiya, Chexiya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Tojikiston, Ozarbayjon kabi davlatlar olimlari va mamlakatimizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, OAV vakillari ishtirok etdi. 

Ilmiy-amaliy anjumanning tantanali ochilish marosimida Termiz davlat universiteti rektori, professor A.Toshqulov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor G.Rixsiyeva va boshqalar mamlakatimizda keyingi yillarda milliy qadriyatlarimizni ulug‘lab, buyuk ajdodlarimizdan meros qolgan noyob moddiy va nomoddiy madaniy merosimizni asrab-avaylash, yosh avlod ongiga chuqur singdirish, dunyoga keng namoyon etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Bu jarayonda qadimiy Surxon vohasida o‘tkazilayotgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali ham muhim o‘rin tutayotgani to‘g‘risida so‘z yuritildi. Dunyoning ko‘plab davlatlaridagi tarixchi va qadimshunoslar janubdagi vohaning insoniyat sivilizatsiyasida tutgan o‘rnini chuqur o‘rganayotgani va uning samaralari xususida fikr almashildi.

- Hozirgi davrda yurtingizda milliy urf-odat va qadriyatlar e’zozlanayotgani eng to‘g‘ri yo‘l, - deydi Fransiyadagi Lion universiteti olimi Joanna Luiller. - Bizda yoshi ulug‘ insonlar qadimgi folklor san’atimiz va an’analarimizni yaxshi eslaydi. Biroq yoshlarimiz milliy an’analarimiz va xalq o‘yinlarini deyarli unutgan. O‘zbekistonda bu an’ana davom etayotgani quvonarlidir.

Konferensiya yalpi majlislarida Surxondaryoning insoniyat sivilizatsiyasidagi o‘rni hamda moddiy va nomoddiy madaniyat asoslariga bag‘ishlangan maruzalar tinglanib, muhokama etildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxon vohasining insoniyat sivilizatsiyasidagi o‘rni