Superliga. «Navbahor» ğalaba qozonib, «Neftçi»ga yaqinlaşdi
Kunning muhim uçraşuvlaridan birida «Navbahor» safarda «Qizilqum»ni 1:0 hisobida mağlub etdi.
Özbekiston Superligasining 27-tur uçraşuvlari davom ettirildi. 7-noyabr kuni çempionat doirasida uçta bahs bölib ötdi.
Kunning muhim uçraşuvlaridan birida «Navbahor» safarda «Qizilqum»ni 1:0 hisobida mağlub etdi. Uşbu ğalabadan keyin namanganliklar oçkolari sonini 55 taga yetkazib, uçinçi örindagi mavqeyini mustahkamladi.
«Lokomotiv» esa «Andijon» mehmoni bölib, 3:1 hisobida ğalaba qozondi. Toşkentliklar 43 oçko bilan turnir jadvalida beşinçi poğonaga kötarildi. «Andijon» 31 oçko bilan 11-öringa tuşdi.
Ğuzorda ötkazilgan «Maş’al» va «Surxon» örtasidagi uçraşuvda hisob oçilmadi — 0:0. Natijada termizliklar 31 oçko bilan 10-öringa kötarilgan bölsa, «Maş’al» 5 oçko bilan sönggi poğonada qoldi.
Şu tariqa, 27-turning beşta uçraşuvi ortda qoldi. Ularning törttasida mehmon jamoalar ğalaba qozondi, bitta bahs esa durang bilan yakunlandi.
Özbekiston Superligasi. 27-tur
5-noyabr, payşanba
«Bunyodkor» – «Xorazm» – 1:2
6-noyabr, juma
«Söğdiyona» – «Dinamo» – 1:3
7-noyabr, şanba
«Andijon» – «Lokomotiv» – 1:3
«Maş’al» – «Surxon» – 0:0
«Qizilqum» – «Navbahor» – 0:1
Qolgan uçraşuvlar:
8-noyabr, yakşanba
16:00. «Neftçi» – OKMK
16:00. «Buxoro» – «Nasaf»
18:15. «Paxtakor» – «Qöqon-1912»
Hozirça «Neftçi» 58 oçko bilan çempionat peşqadami bölib turibdi. «Paxtakor» 56 oçko bilan ikkinçi, «Navbahor» esa 55 oçko bilan uçinçi örinda bormoqda.
«Neftçi» hozirça 25 ta, «Paxtakor» 26 ta, «Navbahor» esa 27 ta uçraşuv ötkazgan.