"Neftçi" Osiyoning eng kuçli 40 ta klubi qatoriga kirdi
Opta Power Rankings tizimining 21-noyabr holatiga köra yangilangan röyxatida farğonaliklar Osiyo klublari orasida 39-poğonadan joy oldi.
Farğonaning "Neftçi" klubi xalqaro reytingdagi natijalarini yaxşilab, Özbekiston jamoalari orasida eng yuqori körsatkiçni qayd etdi.
Opta Power Rankings tizimining 21-noyabr holatiga köra yangilangan röyxatida farğonaliklar Osiyo klublari orasida 39-poğonadan joy oldi.
100 ballik baholaş tizimida "Neftçi" 75,9 ball jamğargan. Bu natija jamoaga qit’aning eng kuçli 40 ta klubi qatoridan örin oliş imkonini berdi.
Farğonaliklarning jahon miqyosidagi körsatkiçi ham yaxşilandi. Klub avvalgi natijasiga nisbatan 18 poğona yuqorilab, dunyo reytingida 744-öringa kötarildi.
Opta ma’lumotlariga köra, Özbekiston klublari orasida "Neftçi"ga eng yaqin natijani Toşkentning "Paxtakor" jamoasi qayd etgan. Poytaxtliklar 75,4 ball bilan Osiyoda 47-örinni egallab turibdi.
Qarşining "Nasaf" klubi esa 73,7 ball bilan qit’a reytingida 69-poğonadan joy olgan.
Opta reytingida Özbekistonning eng yuqori örindagi klublari:
1. "Neftçi" — 75,9 ball (Osiyoda 39-örin)
2. "Paxtakor" — 75,4 ball (Osiyoda 47-örin)
3. "Nasaf" — 73,7 ball (Osiyoda 69-örin)
Qit’a miqyosidagi umumiy reytingda esa Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi 86,3 ball bilan peşqadamlik qilmoqda.
Ikkinçi örinni 84,5 ballga ega "Al-Nassr" egallagan bölsa, Yaponiyaning "Sanfrecce Xirosima" jamoasi 83,8 ball bilan kuçli uçlikni yakunlab bermoqda.