Superliga. “Dinamo” va “Bunyodkor” 28-turni yakunlaydi
Birinçi davrada jamoalar 6-mart kuni Toşkentda uçraşgan va “Dinamo” 2:1 hisobida ğalaba qozongan.
Bugun, 22-noyabr kuni Samarqandning “Dinamo” klubi Özbekiston Superligasining 28-turida Toşkentning “Bunyodkor” jamoasini qabul qiladi. Samarqanddagi “Dinamo” stadionida ötkaziladigan uçraşuv soat 16:00 da boşlanadi.
“Dinamo” 27 ta öyinda 37 oçko jamğarib, turnir jadvalda 9-örinda bormoqda. Samarqandliklar sönggi ikki bahsda safarda ğalaba qozondi. Ular “Maş’al”ni 3:0, “Soğdiyona”ni esa 3:1 hisobida yengdi. Jamoa bugun ketma-ket uçinçi ğalabasini közlaydi.
“Bunyodkor” 26 oçko bilan 14-örinni egallab turibdi. Toşkentliklar oxirgi ikki uçraşuvda “Xorazm”ga 1:2 va “Neftçi”ga 0:4 hisobida yutqazdi. Bugungi bahsda ğalaba qozonsa, “Bunyodkor” 29 oçkoga yetadi.
Birinçi davrada jamoalar 6-mart kuni Toşkentda uçraşgan va “Dinamo” 2:1 hisobida ğalaba qozongan edi. Bugun samarqandliklar mavsumda “Bunyodkor”ni ikkinçi bor yengiş imkoniga ega. Mehmonlar uçun esa bu bahs ketma-ket ikki mağlubiyatdan söng oçko oliş imkoniyatidir.