O‘qishga kira olmagan abituriyentlar orasida super-kontrakt masalasiga oid savollar ko‘paymoqda. Quyida eng muhim va dolzarb ma’lumotlar sodda va tushunarli qilib jamlangan.

2025 yil uchun super-kontrakt tartibi va narxlari hali rasman tasdiqlanmagan. Qaror qabul qilingach, qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilinadi. Hozirda super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmayapti. Arizalar odatda sentyabr oyida onlayn tarzda topshiriladi.

2024 yil tartibiga ko‘ra, super-kontrakt narxi abituriyentga necha ball yetmaganiga qarab belgilanadi:

- O‘tish baliga 0,01 dan 1 ballgacha yetmaganlar – kontraktning 1,5 barobari

- 1,01 dan 2 ballgacha yetmaganlar – 2 barobari

- 2,01 dan 3 ballgacha yetmaganlar – 2,5 barobari

- 3,01 dan 4 ballgacha yetmaganlar – 3 barobari

Super-kontrakt faqat birinchi kurs uchun to‘lanadi. Ikkinchi kursdan boshlab oddiy kontrakt asosida o‘qish davom ettiriladi.

Ariza topshirish uchun oliy ta’lim muassasasiga borish shart emas. Barcha jarayon onlayn amalga oshiriladi.

Abituriyentlarning ballari asosida saralash amalga oshiriladi. 

Agar abituriyent testda o‘qishga kira olgan bo‘lsa, lekin boshqa yo‘nalishda o‘qishni istasa, super-kontrakt orqali faqat o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishida o‘qishga ruxsat beriladi. O‘qishga kira olmaganlarga esa o‘tgan yili istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontrakt asosida o‘qish huquqi berilgan edi. Bu yilgi tartib hali tasdiqlanmagan.

Super-kontrakt uchun davlat tomonidan ta’lim krediti ajratilmaydi. Biroq ayrim banklar oddiy tijorat kreditlarini taklif qilishi mumkin. Ikkinchi kursdan boshlab esa oddiy kontrakt asosida o‘qiy boshlagan talabalarga ta’lim krediti olish imkoniyati mavjud.

Super-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar birinchi kursda yaxshi o‘qisa, keyingi yillarda davlat granti asosida o‘qish uchun da’vogarlik qilishi mumkin. Super-kontraktni to‘rt qismga bo‘lib to‘lash mumkin. 15 oktyabrgacha to‘lovni to‘liq amalga oshirganlarga esa 10 foiz chegirma beriladi.

Agar abituriyent 56,7 balldan kam ball to‘plagan bo‘lsa, u holda super-kontraktning ikki karra to‘lovini amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Masalan, o‘tgan yili moliya yo‘nalishida oddiy kontrakt narxi 91 million so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 56,7 balldan kam olgan abituriyentlar kamida 182 million so‘m to‘lashgan.

Agar abituriyent 54 ball olgan bo‘lsa-yu, o‘tish bali 57 ball bo‘lsa, u 3 ball yetkazmagan hisoblanadi. Lekin bu yerda muhim jihat — u 56,7 balldan kam ball to‘plagan, shuning uchun unga 3 barobar emas, ikki karra super-kontrakt to‘lovi qo‘llaniladi. Bu yerda farq qancha ball yetmaganida emas, 56,7 balldan yuqori yoki past bo‘lganida.

2025 yilda super-kontrakt to‘lovlarining arzonlashishi kutilmoqda. Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda rektorlarga super-kontrakt summalarini tabaqalashtirib belgilash vakolati berildi. Bu esa 4 balldan ortiq yetkazmaganlar uchun ham alohida stavkalar belgilanishi mumkinligini anglatadi. Masalan, 10 yoki 20 ball yetmaganlar uchun ham mos ravishda boshqa narxlar belgilanishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, 2025 yilda super-kontrakt tizimida ko‘plab yangiliklar bo‘lishi kutilmoqda. Rasmiy e’lonlar chiqqach, barcha yangiliklar haqida sizni xabardor qilib boramiz. Bizni kuzatishda davom eting.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/H1B_IkQDi_Q" title="Super-kontrakt haqida eng muhim ma’lumotlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Fardona Yaxshiboyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Super-kontrakt haqida eng muhim ma’lumotlar (+video)