Prezident topshirig‘i amalda

Ma’lumki, hozirgi kunda davr bilan hamnafas bo‘lishda zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga tatbiq qilish eng muhim masala hisoblanadi. Davlatimiz rahbari hayotning turli jabhalarida sun’iy intellektni qo‘llash kengayayotgani, sun’iy intellektga tayyorlik xalqaro indeksida O‘zbekiston 17 ta pog‘onaga ko‘tarilganini alohida e’tirof etdi.  

Bu yo‘nalishga e’tiborning davomi sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 14 oktyabrdagi qarori bilan Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi. Unda sun’iy intellektga asoslangan dasturiy mahsulotlar va xizmatlar ulushini ko‘paytirish, texnik infratuzilmani kengaytirish, kadrlar salohiyatini oshirish kabi qator chora-tadbirlar belgilandi.  

Ushbu topshiriqlardan kelib chiqib, Buxoro muhandislik-texnologiya institutining “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasida muhandis kadrlar malakasini oshirish maqsadida Islom taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan 12 dona eng so‘nggi rusumdagi universal tokarlik, frezalash-yo‘nish, lazerlik metall kesish, aylana jilvirlash, vertikal-parmalash, parmalash-frezalash dastgohlari o‘rnatildi. Ushbu keltirilgan jihozlar asosida muassasa huzurida “Mashinasoz” texnoparki tashkil etiladi.  

– Sun’iy intellekt tizimlari bugungi kunda insoniyat hayotining barcha jabhalariga kirib borayotganligi sir emas, – deydi Buxoro muhandislik-texnologiya instituti dotsenti Ulug‘bek Ibrohimov. – Sun’iy intellekt tizimlari iqtisodiyot, meditsina, muhandislik va boshqa juda ko‘p sohalarda qo‘llanib kelinmoqda. Bunda sun’iy intellektni alohida ilmiy izlanish sohasi sifatida olimlar tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda va hattoki 2024 yilning yakunlari bo‘yicha Nobel mukofotiga erishgan olimlar ham  o‘z ilmiy ishlarida sun’iy intellekt tizimlaridan foydalanganligiga guvoh bo‘lamiz.  

“Mashinasoz” texnoparkida dunyoning eng so‘nggi andozalariga to‘la javob beradigan 12 ta zamonaviy o‘quv laboratoriya jihozlari o‘rnatilgan bo‘lib, bu yerda 88 ta laboratoriya ishlari bajariladi. Mazkur jarayonlarni tashkil qilish uchun Islom taraqqiyot banki hisobidan 445 ming dollar mablag‘ ajratilgan.  

– Parkda institutimizning magistrant va doktorantlari tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda, – deydi tayanch doktoranti Mirzabek Yo‘ldoshev. – Mazkur zamonaviy dastgohlarda mantiqiy boshqaruv dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib bormoqdaman. Bu tadqiqot ishlaridan maqsad dastgohlarni yanada takomillashtirish va shu dastgohlarda tayyorlanadigan detallarni jahon bozorlarida o‘z o‘rnini egallashdan iborat.  

Institut bazasida ushbu maktabning faoliyat boshlashi Prezidentimizning 2022 yil 7 iyuldagi “Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini to‘la ta’minlash imkonini ham beradi. Xalqaro andozalar asosida o‘quv xonalariga trenajyorlar, simulyatorlar, zamonaviy dasturlar tashkil qilindi. Bu orqali oliy muhandislik maktabi ikki yillik amaliy magistratura dasturlari yo‘lga qo‘yiladigan, ishlab chiqaruvchilar buyurtmasi asosida nomzodlar saralab olinadigan tizim yaratilishiga asos bo‘ladi.  

Muhimi, bunda Germaniya, Yaponiya, Buyuk Britaniyaning nufuzli oliygohlaridagi tajribalar o‘rganib chiqilgan. Yaqin kelajakda esa Xitoy, Rossiya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Singapur, Ozarbayjon kabi rivojlangan davlatlarning nufuzli texnika universitetlari bilan hamkorlik ko‘lami kengaytiriladi.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sun’iy intellekt: kadrlar salohiyatini oshirish yo‘lidagi izlanishlar