Sun’iy intellekt turli sohalarda juda foydali bo‘lib, inson mehnatini yengillashtirish, samaradorlikni oshirish va yangi imkoniyatlar yaratishda muhim rol o‘ynaydi.

Xo‘sh, sun’iy intellektning qanday afzalliklari bor?

Birinchi navbatda – samaradorlik va tezkorlik. Sun’iy intellekt  katta hajmdagi ma’lumotlarni juda tez tahlil qiladi va qaror qabul qilishni osonlashtiradi. Inson omili bilan bog‘liq xatolarni kamaytirib, aniqlikni oshiradi. Misol uchun, tibbiy tashxislarda yoki moliyaviy tahlillarda aniq qarorlar qabul qilishga yordam beradi.

Zavod va ishlab chiqarish jarayonlarida robotlar orqali inson mehnatini yengillashtiradi. Kompaniyalar tizim yordamida mijozlarga xizmat ko‘rsatishni avtomatlashtiradi. 

Yangi dori vositalarini ishlab chiqish, kasalliklarni oldindan aniqlash va robotlashgan jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazishda katta rol o‘ynaydi.

Sun’iy intellekt yordamidagi video kuzatuv va tahlil tizimlari jinoyatlarning oldini olishga yordam beradi. Kiberxavfsizlik sohasida hujumlarni oldindan aniqlab, tizimlarni himoya qiladi. Yo‘llardagi tirbandliklarni tahlil qilib, optimal yo‘nalishlarni tavsiya etadi.

Sun’iy intellektning qanday zararli tomonlari bor? 

Sun’iy intellekt juda ko‘p foyda keltirsa-da, uning ayrim zararli tomonlari ham mavjud. Masalan, avtomatlashtirish tufayli ba’zi sohalarda ish o‘rinlari qisqaradi. Zavodlardagi robotlar, shu asosdagi chat-botlar va buxgalteriya dasturlari ko‘p odamlarning ishini allaqachon qo‘lidan olmoqda. Bu esa, ayrim kasblar yo‘qolib ketishiga olib kelishi mumkin.

Sun’iy intellekt ma’lumotlar yig‘ib, tahlil qiladi. Bu esa, shaxsiy hayotga aralashish xavfini oshiradi. Kompaniyalar va hukumatlar sun’iy intellekt yordamida kuzatuvni kuchaytirishi mumkin, bu esa shaxsiy erkinlikka ta’sir qilmay qolmaydi. 

Sun’iy intellekt yordamida soxta video va rasmlar yaratish ham mumkin. Bu esa, firibgarlik va axborot manipulyatsiyasiga olib keladi.

Yangi algoritmlar ijtimoiy tarmoqlarda soxta xabarlarni tarqatishda ishlatilishi mumkin.

Sun’iy intellekt ma’lumotlarga asoslanib qaror qabul qiladi, lekin agar ma’lumotlarda diskriminatsiya mavjud bo‘lsa, u ham noxolis qaror chiqaradi. Masalan, ishga qabul qilish yoki kredit berishda ba’zi guruhlarda noxolislik bo‘lishi mumkin.

Kuchli sun’iy intellekt yetarli nazorat bo‘lmasa, insonga qarama-qarshi qarorlar qabul qilishi – uning yanada xavfli tomonlaridan biridir. Avtonom qurollar va robotlarning noto‘g‘ri boshqarilishi xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.

Odamlar ko‘p vazifalarni sun’iy intellektga topshirib, o‘zlarining tafakkur qilish va tahlil qilish qobiliyatlarini kamroq ishlatishi mumkin. Bu insonlarning innovatsion fikrlash qobiliyatiga salbiy ta’sir qiladi. 

O‘zbekistonda sun’iy intellektdan qanday foydalanilmoqda?

Aslida insondagi yuksak intellektning mevasi bo‘lgan sun’iy intellektdan mamlakatimizda ham foydalanilmoqda. Bunga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda sun’iy intellektdan foydalanilayotganini misol qilib keltirish mumkin. 

Aholiga onlayn xizmatlarni taqdim etish va 24/7 rejimida davlat xizmatlariga oid savollariga javob olish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda. 

2025 yil 19 fevralda Adliya vazirligi va “Mohirdev” kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida 24/7 rejimida davlat xizmatlariga oid savollarga javob berish uchun mo‘ljallangan sun’iy intellektga asoslangan “Odil” chat-boti (@Odil_chat_bot) ishga tushirildi. 

Hozirda davlat xizmatlari sohasida Adliya vazirligining 1148 raqamli “Ishonch telefoni” faoliyat yuritayotgan bo‘lib, mazkur raqamga  tushayotgan qo‘ng‘iroqlarning aksariyat qismi huquqiy masalada. Masalan, 2024 yil davomida mazkur “Ishonch telefoni” orqali fuqarolarning 135 mingga yaqin qo‘ng‘irog‘i qabul qilingan. Shundan qariyb 128 mingdan ortiq murojaat yuzasidan mutaxassislar tomonidan tushuntirish va ma’lumotlar berilgan.

“Ishonch telefoni” orqali so‘ralgan tushuntirish va ma’lumotlarning aksariyat qismi huquqiy masalalarni tashkil etganligi sababli, fuqarolarni tezkor axborot bilan ta’minlash va ularning huquqiy bilimlarini rivojlantirish maqsadida sun’iy intellektga asoslangan chat-botni ishga tushirish zarurati yuzaga keldi. 

Hozirgi kunda sun’iy intellekt asosida yo‘lga qo‘yilgan “Odil” chat-boti (@Odil_chat_bot) davlat xizmatlari sohasiga oid 500 dan ziyod normativ-huquqiy hujjatlar hamda 5 mingdan ortiq huquqiy masalalar bo‘yicha savol-javoblar bo‘yicha  o‘qitildi.

Shuningdek, chat-bot orqali kelib tushgan masalalar hamda ayrim axborot tizimlaridagi ma’lumotlar tahlil qilib borilmoqda va shu asosda chat-botni muntazam o‘qitib borish ishlari davom etmoqda.

“Odil” chat-botining ishga tushirilishi “Ishonch telefoni”ga bo‘layotgan qo‘ng‘iroqlarni kamaytirishi bilan bir qatorda, fuqarolarning so‘rovlariga real vaqt rejimida tezkor javob berish imkoniyatini yaratdi.

Aytib o‘tish kerakki, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasiga sun’iy intellektning joriy etilishi barcha fuqaroga bir xil asoslarda xizmat ko‘rsatishni, ijtimoiy tenglikni ta’minlaydi. Umuman olganda, sun’iy intellekt davlat xizmatlarini ko‘rsatishda samaradorlikni oshirish, byurokratiyani kamaytirish imkoniyatini yaratdi. Biroq, bu texnologiyani joriy etishda maxfiylik, xavfsizlik kabi muhim jihatlarni hisobga olish lozim.

Xulosa o‘rnida aytish kerakki, sun’iy intellektning kuchli modellari juda katta energiya talab qiladi. Masalan, katta neyron tarmoqlarni o‘qitish katta hajmdagi elektr energiyasini sarf qiladi, bu esa iqlim o‘zgarishiga ta’sir qilishi mumkin.

Sun’iy intellekt hayotimizni osonlashtirsa-da, uning xavflarini ham inobatga olish kerak. Uning zararlarini kamaytirish uchun qonunchilikni kuchaytirish, axloqiy me’yorlarni shakllantirish va inson nazoratini saqlab qolish juda muhim.

Norgul Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sun’iy intellekt: foydasi ko‘proqmi yoki zarari?