Sud-ballistika ekspertizalarini o‘tkazishda ekspert eksperimenti
Anvar Djumabayevich XUSANOV dotsent yuridik fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada eksperimentning ekspertiza tadqiqoti metodlari tizimidagi o‘rnini aniqlab, uning ekspertiza tadqiqotlari metodikasini ishlab chiqish va takomillashtirishga ta’siri masalalari o‘rganilgan. Eksperimental metodni qo‘llash masalalarini o‘rganib, soha mutaxassislarining nazariy qarashlarini tahlil qilgan holda ekspert eksperimentini o‘tkazish metodikasi bosqichlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.
Tayanch so‘zlar: sud ekspertizasi, eksperiment, eksperiment metodikasi, eksperiment bosqichlari, o‘zgaruvchan ekspert eksperimentlari, hisoblash tahlillari, kombinatsiyalangan (aralash) espert eksperimenti, eksperimentning asosiy va maxsus maqsadlari.