Umida Şorahmetova: "Haqiqiy olim böliş uçun faqat bilimning özi yetarli emas"
Ilm-fan yöli muntazam izlaniş, sabr-toqat va fidoyilikni talab etadi. Bu yölda öz örnini topgan olima ayollar nafaqat bilim va tajribasi, balki matonati, masʼuliyati va yangilikka intilişi bilan ham ajralib turadi. Ular ilmiy izlanişlar olib borib, yangi ğoyalar yaratiş, ularni amaliyotga tatbiq etiş orqali ilm-fan rivoji va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qöşmoqda. Bunday olima ayollarning faoliyati yoş avlod, ayniqsa, ilm yölini tanlayotgan qizlar uçun ham öziga xos ibrat maktabidir.
Mamlakatimizda ilm-fan va taʼlim sohasini rivojlantiriş, xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini röyobga çiqariş, ularning tadqiqotlarini qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2026-yil 10-apreldagi "Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillaştirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida"gi farmonida belgilangan "5 T" - taʼlim, tarbiya, tadqiqot, tijoratlaştiriş va tizimli takomillaştiriş tamoyili ham bu borada muhim vazifalarni belgilab bermoqda.
Bu boradagi jarayonlar, olima ayollarning ilmiy izlanişlari va erişilayotgan natijalar haqida Toşkent davlat yuridik universiteti professori, "Olima ayollar" tanlovi ğolibi Umida Şorahmetova bilan "Ilm-fanda xotin-qizlar örni: olima ayol muvaffaqiyati" mavzusida suhbatlaşdik.
– Ilm-fan taraqqiyotida xotin-qizlarning faol iştiroki muhim ahamiyatga ega. Prezidentimizning mazkur farmonida ham ilmiy salohiyatni oşiriş, iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş va tadqiqotlar samaradorligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilgan. Sizningça, belgilangan vazifalar xotin-qizlarning ilmiy faoliyati uçun qanday imkoniyatlar yaratadi?
– Ayollar nafaqat taʼlim-tarbiya, balki ilmiy tadqiqotlar, innovatsion işlanmalar va yangi ğoyalarni amaliyotga tatbiq etişda ham muhim örin tutadi. Bugun mamlakatimizda xotin-qizlarning taʼlim olişi, ilmiy izlanişlar olib borişi, ilmiy daraja va unvonlarga erişişi uçun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Farmonga köra, "5 T" tamoyili oliy taʼlim va ilm-fan tizimini yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan. Ayniqsa, ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etiş va işlanmalarni tijoratlaştirişga eʼtibor qaratilayotgani muhim. Bu olimalarga öz ilmiy ğoyalarini amaliy natijaga aylantiriş, yangi loyihalarni işlab çiqiş va hayotga tatbiq etiş imkonini beradi.
Menimça, bugun olimadan faqat çuqur bilim emas, balki öz tadqiqotining jamiyat uçun qanday naf keltirişini anglaş ham talab etilmoqda. Ilmiy ğoyaning amaliyotda öz ifodasini topişi, odamlar hayotini yengillaştirişi va muayyan muammoga yeçim bölişi uning haqiqiy qiymatini belgilaydi.
– Har bir muvaffaqiyatli olimaning öz ilmiy yöli, hayotiy tajribasi va ustozlari böladi. Sizning ilm-fanga kirib kelişingiz, professorlik darajasigaça bölgan faoliyatingiz haqida gapirib bersangiz. Şu yil "Olima ayollar" tanlovida ğolib deb topildingiz. Bu eʼtirof siz uçun qanday maʼno kasb etadi?
– Ilm-fanga kirib kelişim hamda professorlik darajasiga yetişimda eng birinçi ustozim va hayotiy namunam - padari buzrukvorim, Özbekistonda xizmat körsatgan yurist, professor Şoakbar Şorahmetovning örni beqiyos. Ziyoli oilada ulğayib, ilmga fidoyiliklari hamda “ilm keçirmaydi” degan qatʼiy ögitlarini körib voyaga yetdim. Onajonim Raʼnoxon ayaning qöllab-quvvatlaşi va otam yaratgan ilmiy maktab anʼanalari mening şu sohada öz yölimni topişimga poydevor böldi.
"Olima ayollar" tanlovida ğolib deb topilganimni ilmiy faoliyatimga berilgan eʼtibor va kelgusi izlanişlarim uçun katta rağbat sifatida qabul qildim. Bunday eʼtirof insonga quvonç bağişlaş bilan birga, yanada köproq masʼuliyat ham yuklaydi. Zero, erişilgan natija bilan çeklanib qolmasdan, yangi ğoyalar ustida işlaş va jamiyatga foyda keltiradigan loyihalarni amalga oşiriş muhim.
– Olima ayolning hayotida ilmiy faoliyat bilan bir qatorda oila, farzandlar va rözğor taşvişlari ham bor. Bu masʼuliyatlarni uyğunlaştirib, ilm yölida izlanişni davom ettiriş oson emas. Sizningça, ayolning oilaviy hayoti va ilmiy faoliyati bir-birini qanday töldirişi mumkin? Bu borada şaxsiy tajribangiz nimalarni örgatdi?
– Haqiqatan ham, ayolning zimmasida oila, farzandlar, rözğor bilan boğliq masʼuliyatlar ham bor. Ilmiy faoliyat esa muntazam vaqt, eʼtibor va izlanişni talab qiladi. Bu vazifalarni birdek olib boriş uçun, avvalo, vaqtni töğri taqsimlaş, aniq maqsad bilan harakat qiliş va yaqinlaringizning qöllab-quvvatlaşi muhim.
Menimça, oila insonga kuç va ruhiy madad beradi. Ilm-fan esa insonning dunyoqaraşini kengaytiradi, uni yangi maqsadlar sari undaydi. Eng muhimi, ayol öz qiziqişi va salohiyatini röyobga çiqarişdan voz keçmasligi kerak. Har bir işga mehr va masʼuliyat bilan yondaşilsa, oilaviy hayot va ilmiy faoliyatni uyğunlaştiriş mumkin.
– Bugun özingiz ham professor sifatida yoş tadqiqotçilarga yöl körsatyapsiz. Ustozlik masʼuliyatini qanday tuşunasiz? Şogirdlaringizda, eng avvalo, qaysi fazilatlarni körişni istaysiz?
– Ustozlik - katta masʼuliyat. Çunki ustozning vazifasi faqat bilim beriş bilan çeklanmaydi. U şogirdni mustaqil fikrlaş, izlaniş, öz oldiga aniq maqsad qöyiş va tanlagan sohasiga sadoqat bilan xizmat qilişga örgatişi kerak.
Ilmiy faoliyatda şogirdning qiziqişi, taşabbuskorligi va izlanuvçanligi juda muhim. U tayyor maʼlumotlarni özlaştiriş bilan çeklanmasdan, mavjud muammolarga mustaqil yondaşişi va ularning yeçimini izlaşi lozim.
Fikrimça, ustoz uçun eng katta quvonçlardan biri şogirdlarining mustaqil ilmiy yölni tanlaşi, öz sohasida natijalarga erişişi va jamiyatga naf keltirişidir. Ilm-fanning davomiyligi ham avlodlar vorisligi bilan taʼminlanadi.
– Zamonaviy huquqşunoslikda raqamli texnologiyalardan foydalaniş tobora kengayib bormoqda. Siz rahbarlik qilayotgan "Nizolarni mediatsiya tartib-taomillari asosida hal qilişning elektron platformasini yaratiş" loyihasi ham şu yönalişdagi izlanişlardan biri. Loyihaning asosiy maqsadi, yangiligi va fuqarolar uçun yaratadigan imkoniyatlari haqida töxtalsangiz.
– Loyihamizning "Olima ayollar" tanlovida ğolib deb topilgani men uçun katta quvonç va masʼuliyat. Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida uşbu loyiha uçun sertifikat bilan taqdirlanganimiz kelgusidagi ilmiy izlanişlarimizga yanada kuçli rağbat beradi.
Loyihaning asosiy maqsadi fuqarolik nizolarini sudga murojaat qilmasdan, mediatsiya tartib-taomillari asosida elektron şaklda hal qiliş imkonini beruvçi zamonaviy platformani yaratiş. U Toşkent davlat yuridik universiteti tomonidan amalga oşirilişi nazarda tutilgan amaliy tadqiqot loyihasi hisoblanadi.
Platformaning boş maqsadi esa fuqarolar va tadbirkorlarga nizolarni muqobil hal qiliş instituti (mediatsiya) orqali sud organlariga murojaat qilmasdan, tezkor, şaffof va kam xarajat bilan kelişuvga erişiş imkonini beruvçi yagona raqamli ekotizimni yaratişdan iborat. Bu orqali ortiqça byurokratiya va vaqt sarfining oldi olinadi.
Platforma işga tuşirilgaç, fuqarolar nizolarni elektron tarzda röyxatdan ötkazişi, mediator tanlaşi, onlayn muzokaralarda iştirok etişi, zarur hujjatlarni almaşişi va yakuniy kelişuvni elektron şaklda rasmiylaştirişi mumkin böladi. Bu, ayniqsa, bir joyda uçraşa olmaydigan taraflar uçun masofadan turib muzokara olib boriş imkonini yaratadi.
Loyihaning muhim yangiligi şundaki, unda sunʼiy intellekt texnologiyalarini mediatsiya jarayoniga tatbiq etiş nazarda tutilgan. Xususan, nizoning mazmuni va xususiyatlarini tahlil qiliş asosida unga mos mediatorni tavsiya etiş mexanizmi işlab çiqiladi. Şuningdek, sertifikatlangan mediatorlarning elektron reyestrini şakllantiriş ham rejalaştirilgan.
Yana bir muhim yönaliş platformani sud portali va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bölgan my.gov.uz bilan integratsiya qilişga qaratilgan. Bunda fuqarolarning şaxsiy maʼlumotlari maxfiyligi va elektron jarayonlarning huquqiy işonçliligini taʼminlaş ham muhim ahamiyatga ega.
Umuman olganda, loyiha nizolarni hal etiş jarayonini soddalaştiriş, vaqt va xarajatlarni tejaş, sudlar yuklamasini kamaytiriş hamda mediatsiya xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan. Eng muhimi, nizolarni özaro kelişuv asosida hal qiliş madaniyatini rivojlantirişga xizmat qiladi.
– Loyihada sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarga alohida örin berilgan. Bunday innovatsion yondaşuvlar kelajak huquqşunosligini qanday özgartiradi? Şuningdek, yoş qizlarni huquq va raqamli texnologiyalar yönalişlariga qiziqtiriş uçun nimalarga eʼtibor qaratiş lozim?
– Raqamli texnologiyalar huquqşunoslik sohasiga yangi imkoniyatlar olib kirmoqda. Bugun zamonaviy huquqşunos qonunçilikni çuqur biliş bilan birga, axborot texnologiyalaridan ham samarali foydalana olişi zarur.
Xususan, sunʼiy intellekt huquqiy maʼlumotlarni tahlil qiliş, hujjatlar bilan işlaş va muayyan masalalar böyiça dastlabki yeçimlarni şakllantirişda yordam beradi. Biroq texnologiya huquqşunosning örnini bosmaydi. Huquqiy qarorlarda inson omili, kasbiy masʼuliyat va adolat tamoyillari doimo ustuvor bölişi kerak.
Yoş qizlarni bu yönalişlarga qiziqtiriş uçun esa nazariy bilim bilan birga amaliy könikmalarni ham şakllantiriş muhim. Ilmiy tögaraklar, amaliy loyihalar va startap taşabbuslari ularning salohiyatini röyobga çiqarişga xizmat qiladi. Eng muhimi, qizlarga öz ğoyalarini amalga oşiriş va ilmiy izlanişlarda iştirok etiş uçun imkoniyat yaratiş lozim.
– Sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanişi huquqşunoslik sohasiga ham yangi imkoniyatlar olib kirmoqda. Bu jarayon kelajak huquqşunoslari oldiga qanday talablarni qöyadi?
– Raqamli texnologiyalar huquqşunoslik sohasida iş jarayonlarini yengillaştiriş va samaradorlikni oşirişga xizmat qilmoqda. Bugun zamonaviy huquqşunos qonunçilikni çuqur biliş bilan birga, axborot texnologiyalaridan ham samarali foydalana olişi zarur.
Xususan, sunʼiy intellekt katta hajmdagi huquqiy maʼlumotlarni tahlil qiliş, hujjatlar bilan işlaş va muayyan masalalar böyiça dastlabki yeçimlarni şakllantirişda yordam beradi. Bu mutaxassislarning vaqtini tejaş va iş samaradorligini oşiriş imkonini yaratadi.
Biroq texnologiya huquqşunosning örnini bosmaydi. Huquqiy qarorlar qabul qilişda inson omili, kasbiy masʼuliyat, qonuniylik va adolat tamoyillari doimo ustuvor bölişi kerak. Şu bois kelajak huquqşunosi çuqur huquqiy bilim, raqamli savodxonlik va zamonaviy texnologiyalardan töğri foydalaniş könikmasiga ega bölişi lozim.
ÖzA muxbiri
Nasiba Ziyodullayeva
suhbatlaşdi.