Sud tizimini rivojlantirişning yangi bosqiçi
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-avgustdagi “Odil sudlov – 2030”: Yangi Özbekistonda inson huquqlarini işonçli himoya qiluvçi xalqçil va adolatli sud tizimini barpo etiş strategiyasi töğrisida"gi Farmoni mamlakat sud-huquq tizimini yanada takomillaştirişda muhim huquqiy asos böldi. Farmon bilan sud tizimini 2030-yilga qadar rivojlantirişning ustuvor yönalişlari belgilab berildi.
Strategiyaning asosiy maqsadi – inson huquq va erkinliklarini sud orqali işonçli himoya qiliş, sud qarorlarining qonuniyligi, adolatliligi va asoslantirilganligini taʼminlaş, sudga murojaat qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda sud tizimi faoliyatining oçiqligi va şaffofligini yanada oşirişdan iborat.
Farmonda sud tizimini rivojlantirişning olti ustuvor yönalişi belgilangan. Jumladan, «xalqçil sud», «adolat qörğoni», «kafolatlangan adolat», «adolat posbonlari», «raqamli odil sudlov» va «xalqaro eʼtirof» tamoyillari asosida sud-huquq sohasini takomillaştiriş nazarda tutilgan.
Sud qarorlarini qayta körib çiqiş tizimida ham muhim özgarişlar belgilanmoqda. Xususan, 2027-yil 1-iyuldan boşlab umumiy yurisdiksiya va maʼmuriy sudlar yönalişlarida işlarni qayta körib çiqiş vakolatiga ega bölgan hududlararo sudlarni taşkil etiş nazarda tutilgan. Şu bilan birga, sud hujjatlarini apellyatsiya, kassatsiya va taftiş tartibida qayta körib çiqiş vakolatlarini qayta taqsimlaş böyiça qonunçilikni takomillaştiriş belgilangan.
Jinoyat protsessi sohasida ham sud nazoratini kuçaytirişga alohida eʼtibor qaratilgan. 2027-yil 1-iyuldan boşlab tergov sudyasiga protsessual majburlov çoralarini qöllaş masalalarini körib çiqişda uşlab turişning qonuniyligi va asosliligini, şuningdek, şaxsga nisbatan gumon qiliş yoki ayblov eʼlon qiliş uçun asoslarning yetarliligini tekşiriş vakolatlarini beriş nazarda tutilgan.
Strategiyada sudyalarning kasbiy maqomi va ularning bevosita odil sudlovni amalga oşiriş bilan boğliq faoliyatiga ham alohida eʼtibor berilgan. Sudyalarni odil sudlov bilan boğliq bölmagan vazifalardan ozod etiş, ularning kasbiy va maʼnaviy fazilatlariga qöyiladigan talablarni kuçaytiriş, sudyalar korpusining professionalligini oşiriş maqsad qilingan.
Farmonda jinoyat protsessining sudga qadar iş yuritiş bosqiçida sud nazoratini kuçaytiriş alohida ustuvor yönaliş sifatida belgilangan. Jinoyat protsessida şaxsning huquq va erkinliklarini çeklaş bilan boğliq protsessual qarorlar ustidan samarali sud nazoratini taʼminlaş — qonuniylik va inson huquqlarini muhofaza qilişning muhim şartlaridan biridir. Şu nuqtai nazardan, farmonda “xabeas korpus” instituti doirasini kengaytiriş, tezkor-qidiruv tadbirlari hamda tergovga qadar tekşiruv, suriştiruv va tergov harakatlarini ötkaziş ustidan sud nazoratini kuçaytiriş nazarda tutilgan.
Strategiyada qamoqqa oliş va uy qamoği kabi ehtiyot çoralarini qöllaş bilan bir qatorda, ularni özgartiriş va bekor qiliş masalalariga ham eʼtibor qaratilgan.
Jumladan, 2027-yil iyul oyidan apellyatsiya instansiyasi sudiga sudga qadar iş yuritiş bosqiçida tergov sudyasi tomonidan qöllanilgan qamoqqa oliş yoki uy qamoği ehtiyot çorasini boşqa ehtiyot çorasiga özgartiriş vakolatini beriş rejalaştirilgan. Bu protsessual majburlov çoralarining zarurligi va mutanosibligini sud tomonidan qayta baholaş imkoniyatini kengaytiradi.
Baxtigul Matmurotova,
Fuqarolik işlari böyiça Boğot tumanlararo sudining sudyasi.
ÖzA