Sport: Raqamlaştiriş şaffoflikni taʼminlaydimi?
Özbekiston sportida yangi davr: Prezident qarori asosida sohani raqamlaştiriş va boşqaruv tizimini takomillaştiriş çoralari matbuot anjumanida taqdim etildi. Bu qadam yutuqlarni yangi bosqiçga olib çiqadi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi OAV uçun kontent tayyorlaş markazida davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Sport sohasini raqamlaştiriş va samarali boşqaruv tizimini yölga qöyiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorning mazmun-mohiyatiga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi.
Unda iştirok etgan sport vaziri örinbosari Murod Ismoilov, vazirlik masʼullari hamda Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi vakillari mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasini raqamlaştiriş, boşqaruv samaradorligini oşiriş, iqtidorli yoşlarni saralaş, sportçilar va trenerlar tayyorlaş tizimini takomillaştirişga qaratilgan yangi vazifalar yuzasidan maʼlumot berdi.

Taʼkidlanganidek, joriy yil 16-noyabr kuni qabul qilingan mazkur qaror tobora yangilanib borayotgan Özbekiston sportida zamonaviy boşqaruv mexanizmlarini joriy etiş hamda yagona raqamli tizimni şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Anjumanda “Raqamli hukumat” tizimi bilan integratsiya qilingan “ERP sport” yagona elektron boşqaruv tizimining imkoniyatlari va uning işlaş tizimlariga eʼtibor qaratildi.
Aytib ötilganidek, barça davlat sport muassasalari va sport federatsiyalari, sportçilar, trenerlar sport tadbirlari haqidagi töliq maʼlumotlarni mazkur tizimga kiritib borişi belgilangan bölib, bu yangi Özbekiston sportining rivojlanişi tamoyiliga mutlaqo yangiça ruhiyat bağişlaydi.
Bundan taşqari, sport inşootlariga smart-kameralar örnatiş orqali markazlaşgan videokuzatuv tizimi yölga qöyilişi, yiğilgan maʼlumotlar sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilinişi nazarda tutilmoqda. Ayni vazifalarning bajarilişi sportçilarning davomati, maşğulotlar sifati va iqtidorli yoşlarni saralaş, aniqlaş jarayonlari samaradorligini oşirişga ijobiy taʼsir körsatadi.
Masʼullar jurnalistlarning savollariga javob beriş asnosida 2027-yil 1-fevraldan sport-taʼlim muassasalarida pulli xizmatlardan tuşadigan mablağlar ustidan elektron nazorat örnatiş maqsadida “ERP sport” tizimi Markaziy bankning «MUNIS» tizimiga integratsiya qilinişi belgilanganini aytib ötdi.
[gallery-32627]
Şuningdek, “MySport” mobil ilovasi orqali davlat va nodavlat sport taşkilotlariga qaraşli sport inşootlarini soatbay, kunlik, oylik hamda yillik tariflar asosida band qiliş va tölovlarni elektron şaklda amalga oşiriş imkoniyati yaratilişi qayd etildi.
Anjumanda yoşlarni sportga keng jalb etiş va iqtidorli sportçilar zaxirasini şakllantiriş masalalari muhokama qilinib, umumtaʼlim maktablari qoşida sport klublari va tögaraklari tarmoği kengaytirilib, yakkakuraş va jamoaviy olimpiya sport turlari böyiça kamida bittadan sport tögaragi taşkil etilişiga erişiş maqsad qilingani taʼkidlandi.
Maʼlumki, yurtimizda sport sohasida boşqaruv samaradorligini oşiriş va milliy terma jamoalar faoliyatini muvofiqlaştiriş maqsadida respublika oliy sport mahorati maktablari negizida Olimpiya terma jamoalari markazi taşkil etilişi nazarda tutilgan.
Markazda gimnastika, yengil atletika, sport öyinlari, suv sport turlari, qişki va murakkab texnik sport turlari hamda yakkakuraş sport turlari böyiça faoliyat olib borişi, yozgi va qişki Olimpiya öyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari böyiça milliy terma jamoalar uçun sportçilar tayyorlaş jarayonini muvofiqlaştiriş va tizimlaştiriş uning asosiy vazifasi etib belgilangan.
Xöş, şunday şaroitda yozgi Osiyo öyinlari va bir qator kompleks musobaqalarda, jahon va qitʼa çempionatlarida yuksak natijalarga erişib kelayotgan noolimpiya sport turlarining taqdiri, ularda şuğullanayotgan, terma jamoalar aʼzosi sifatida katta ğalabalarga erişib kelayotgan sportçilar, murabbiylarning keyingi taqdiri nima böladi?
Jurnalistlar tomonidan berilgan uşbu savolga mutaxassislar mamlakatimizda noolimpiya sport turlarini rivojlantiriş borasida izçil işlar olib borilayotgani, olimpiya sport turlari singari 100 ga yaqin noolimpiya sport turlarini birlaştiradigan, ularning samarali iş yuritişini taʼminlaşga qaratilgan yagona konfederatsiya taşkil etiş borasida işlar olib borilayotganini bildirdi.
Savol-javoblarga boy tarzda keçgan matbuot anjumanida hududlarda sport boşqaruvi tizimini takomillaştiriş borasidagi işlar, “ERP sport” yagona elektron boşqaruv tizimining xalqaro sport taşkilotlariga integratsiyasi kabi bir qator masalalar xususida fikr yuritildi.
Tölqin Röziyev,
Alimurod Mamadaminov (surat),
ÖzA