Özbek kuraşi Ar-Riyodda “Riyadh Season” festivalida namoyiş etilmoqda
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod şahrida Butunjahon etnosport ittifoqi tizimida ötkazilayotgan “Riyadh Season” festivalida Özbek kuraşi böyiça körgazmali çiqişlar amalga oşirilmoqda.
38 ta milliy öyin hamda anʼanaviy sport turlarini qamrab olgan mazkur festivalda dunyoning 18 davlati vakillari qatorida özbekistonlik kuraş mutaxassislari va sportçilar ham iştirok etib, xalqimizning boy madaniy merosini namoyiş etmoqda.
Xususan, Xalqaro kuraş instituti vakillari festivalda qatnaşayotgan xalqaro kuzatuvçilar, tomoşabinlar uçun maxsus körgazmali çiqişlar taşkil etmoqda.

Festivalda azaliy qadriyatimiz bölgan kuraşning betakror texnikasi, köp asrlik anʼanalari, yuksak maʼnaviy-madaniy merosi, tarixi, Özbekiston bayroğidan jilo olgan yaşil va kök yaktakdagi sportçilarning keng maydondagi çiqişlari orqali uning öziga xos usullari namoyiş etilmoqda.
Bu, milliy sportimiz kuraşning xalqaro maydondagi faol iştirokini taʼminlaş bilan birga, uni jahon miqyosida ommalaştiriş, xalqaro sport aloqalarini mustahkamlaş natijasida yurtimizning boy sport merosini tarğib etişga xizmat qilayotganligi bilan ahamiyatlidir.
“Riyadh Season” festivali 28-noyabrga qadar davom etadi.
T. Röziyev, ÖzA