Şaxmatçilarimiz “Turkic Individual Chess Championship 2026”da qatnaşmoqda
Qozoğistonning Turkiston şahrida “Turkic Individual Chess Championship 2026” musobaqasi boşlandi.
Turkiy davlatlar vakillari örtasidagi şaxmat çempionati hisoblangan mazkur musobaqada 7 ta davlat vakillari qatorida Özbekiston terma jamoasining 3 nafar aʼzosi sovrinli örinlarga daʼvogarlik qiladi.

Çempionatning erkaklar guruhida Abdumalik Abdusalimov, ayollar guruhida Guldona Karimova va faxriylar guruhida Ibrohim Karimov vatanimiz şarafini himoya qilmoqda.
Musobaqaning erkaklar va ayollar guruhida 8 nafardan şaxmatçi ikki davrali aylanma tizimdagi 14 ta turda bahs olib borsa, faxriylar guruhida 8 nafar şaxmatçi bir davrali aylanma tizimdagi 7 turda kuç sinaşadi.
Özbekiston, Ozarbayjon, Qozoğiston, Turkiya, Vengriya, Qirğiziston va Turkmaniston vakillari iştirokidagi musobaqalar 27-noyabrga qadar davom etadi.
T. Röziyev, ÖzA