Shomurodov gol urdi, “Bashakshehir” g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Shomurodov yangi mavsumdagi seriyasini davom ettirib, Superligadagi dastlabki uch turda uchinchi golini urdi.
Turkiya Superligasining 3-turida “Istanbul Bashakshehir” o‘z maydonida “Kasimpasha” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Uchrashuvda hisobni Eldor Shomurodov ochdi. O‘zbekiston terma jamoasi sardori 18-daqiqada Umut Bozokning uzatmasidan so‘ng jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘llab, jamoasini oldinga olib chiqdi. “Kasimpasha” esa 81-daqiqada Fousseni Diabatening goli bilan hisobni tenglashtirdi — 1:1.
Yana bir hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev ham uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va birinchi bo‘limdan so‘ng almashtirildi.
Shomurodov yangi mavsumdagi seriyasini davom ettirib, Superligadagi dastlabki uch turda uchinchi golini urdi. “Bashakshehir” esa uch turdan so‘ng 4 ochkoga ega.