Shomurodovning dubli "Bashakshehir"ga yirik g‘alaba keltirdi
O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov bahsda asosiy qahramonga aylandi.
Turkiya Superligasining 31-turi doirasida "Bashakshehir" o'z maydonida "Qosimpisho" jamoasini qabul qildi va yirik hisobda g'alaba qozondi.
Uchrashuv mezbonlarning to'liq ustunligida o'tdi. O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov bahsda asosiy qahramonga aylandi. U 5 va 87-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qilib, dubl qayd etdi. Shuningdek, Bertun Ozgyur (22) va Devi Zelke (81) ham mezbonlarning yirik g'alabasiga o'z hissalarini qo'shishdi.
Mehmonlarning ahvoli 44-daqiqada yanada qiyinlashdi — himoyachi Rodrigo Bekao to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Eldor Shomurodov mazkur bahsda to'liq 90 daqiqa harakat qildi. "Bashakshehir"ning yana bir o'zbekistonlik a'zosi Abbosbek Fayzullayev esa sariq kartochkalari to'planib qolgani sababli yuzaga kelgan diskvalifikatsiya tufayli ushbu o'yinni o'tkazib yubordi.
Bu g'alabadan so'ng "Bashakshehir" ochkolari sonini 51 taga yetkazib, turnir jadvalining 5-pog'onasida bormoqda. 31 ochkoga ega "Qosimpisho" esa 13-o'rinda qoldi.
Turkiya Superligasi. 31-tur
"Bashakshehir" — "Qosimpisho" — 4:0
Gollar: Shomurodov (5, 87), Ozgyur (22), Zelke (81).