Şoliçilik institutida zamonaviy "Fitatron" işga tuşdi
Şoliçilik institutida Koreya Respublikasi kömagida zamonaviy "Fitatron" majmuasi oçildi. U ösimliklar muhitini töliq nazorat qilib, şoli navlarini takomillaştirişda ilmiy tadqiqotlarga yangi ufqlar oçadi.
Şoliçilik ilmiy-tadqiqot institutida Koreya Respublikasining KOPIA (Korea Program on International Agriculture) taşkiloti Özbekistondagi markazi tomonidan taqdim etilgan zamonaviy “Fitatron” majmuasi işga tuşirildi. Unda şoli navlarini yaratiş va istiqbolli namunalarni tanlaşda ösimliklar uçun zarur bölgan tabiiy muhit omillarini nazorat qiliş imkoni yaratildi.

Fitatron — ösimliklarning ösişi va rivojlanişi uçun zarur bölgan harorat, namlik, yoruğlik hamda boşqa muhim ekologik omillarni boşqariş imkonini beruvçi zamonaviy ilmiy-tadqiqot majmuasi. Unda turli iqlim şaroitlarini sunʼiy ravişda yaratiş va ösimliklarning uşbu şaroitlarga munosabatini örganiş mumkin.
Majmuaning tantanali oçiliş marosimida Qişloq xöjaligi vazirligi, Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi vakillari, koreyalik mutaxassislar, institut olimlari, doktorantlar hamda şolikor fermerlar iştirok etdi. Tadbirda sözga çiqqan Qişloq xöjaligi vazirligi kotibiyati rahbari Şamşod Ergaşev Özbekiston va Koreya Respublikasi örtasidagi qişloq xöjaligi, xususan, şoliçilik sohasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikning ahamiyatini alohida taʼkidladi. Uning sözlariga köra, yangi majmua institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlab, ilmiy izlanişlarni yangi bosqiçga olib çiqadi hamda yoş tadqiqotçilar uçun zamonaviy ilmiy muhit yaratadi.

KOPIA markazi direktori Kim Jaye Hyun esa majmuaning texnik imkoniyatlari, ilmiy tadqiqotlardagi afzalliklari va şoli seleksiyasi jarayonlarini jadallaştirişdagi örni haqida batafsil maʼlumot berdi. Marosim davomida iştirokçilar majmuaning işlaş mexanizmi, boşqaruv tizimi, yaratilgan şaroitlar hamda unda taşkil etilgan dastlabki ilmiy tajribalar bilan yaqindan tanişdi.

Mutaxassislar fitatron yordamida ösimliklarning rivojlanişini muntazam kuzatiş, turli iqlim omillarining şoli navlariga taʼsirini örganiş, şuningdek, seleksiya uçun istiqbolli namunalarni tanlaş imkoniyatlari haqida tuşuntiriş berdi.

KOPIA loyihasi doirasida barpo etilgan uşbu fitotron majmuasi şoli seleksiyasi, fiziologiyasi, uruğçiligi va stress omillariga çidamlilik böyiça tadqiqotlarni yagona ilmiy tizimda olib boriş imkonini beruvçi zamonaviy platforma hisoblanadi. Bu esa institutning laboratoriyasini dala tadqiqotlari bilan uyğunlaştiriş orqali Özbekiston şaroitiga mos, yuqori hosildor, suvdan samarali foydalanadigan hamda issiqlik, qurğoqçilik va şörlanişga çidamli şoli navlarini tanlaş va yaratiş böyiça ilmiy-amaliy işlar samaradorligini oşiradi.
Sanjar Toşpölatov,
ÖzA