Qişloq xöjaligida yangi avlod va zamonaviy bilimlar davri boşlanmoqda
Qaçonlardir "kelajak fermeri nafaqat dalada mehnat qiladi, balki dron, planşet va sunʼiy intellekt yordamida ham hosil yetiştiradi" deyişsa, buni mubolağaga yöyiş mumkin edi. Bugun esa uşbu tasavvur asta-sekin voqelikka aylanmoqda.
Zero, zamonaviy qişloq xöjaligi endi faqat yerga işlov beriş, uruğ qadaş va hosil yiğişdan iborat emas. Bugungi kunda soha samaradorligi köp jihatdan raqamli yeçimlar, ilmiy yondaşuv va innovatsiyalarga boğliq. Suv hamda yer resurslarini tejaş, hosildorlikni oşiriş va işlab çiqariş xarajatlarini qisqartirişda ilğor texnologiyalarning örni tobora ortib bormoqda.
Şu bois agrar tarmoqni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişda nafaqat yangi texnikalar, balki agrotexnik jarayonlarni töliq raqamlaştiriş ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, sunʼiy intellekt, dronlar, “aqlli” sensorlar va sunʼiy yöldoş tizimlari ekinlar holatini doimiy kuzatiş, tuproq namligini aniqlaş, hosildorlikni prognoz qiliş hamda mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalaniş imkonini bermoqda.
Bunday murakkab vazifalarni amalga oşiriş esa sohada yangi kasb egalariga bölgan ehtiyojni yuzaga keltirmoqda. Şulardan biri, agrotex-mutaxassisdir. U agrar soha va raqamli texnologiyalar örtasidagi öziga xos köprik bölib, innovatsion işlanmalarni dala şaroitiga tatbiq etiş, ekinlar rivojini tahlil qiliş va resurs sarfini maqbullaştiriş bilan şuğullanadi.
Agrotex-mutaxassisning boş maqsadi, mehnat va mablağ sarfini kamaytirgan holda yuqori hosildorlikka erişişga kömaklaşişdir. Buning uçun undan agronomiyaga oid çuqur bilimlar bilan bir qatorda, axborot texnologiyalari, dasturlaş va maʼlumotlar tahlili böyiça ham mustahkam könikmalar talab etiladi.
Xöş, nega aynan uşbu kasb bugungi kunda eng istiqbolli yönalişlardan biri hisoblanadi?
Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi maʼlumotiga köra, Özbekistonda agrar sohani raqamlaştiriş va “aqlli qişloq xöjaligi” texnologiyalarini joriy etiş kölami kengayib borayotgani sababli mazkur yönalişdagi kadrlarga talab ortib bormoqda.
Bu esa axborot texnologiyalari, dasturlaş va agronomiyaga qiziqadigan, ilğor işlanmalar hamda maʼlumotlar tahlili bilan işlaşni istaydigan yoşlar uçun yangi kasbiy ufqlarni oçmoqda.
Masalan, anʼanaviy dehqonçilikda fermer ekinlarni suğoriş muddati va meʼyorini öz şaxsiy tajribasiga tayanib belgilaydi. Agrotex-mutaxassis esa tuproq namligini ölçovçi sensorlar, ob-havo prognozlari va raqamli tahlillarga asoslanib, suğoriş vaqti hamda suv miqdorini aniq hisoblab beradi. Natijada obihayot tejaladi, ortiqça xarajatlar qisqaradi va ekinlar parvarişi samaradorligi oşadi.
Milliy statistika qömitasining 2026-yil 1-oktabr holatiga oid maʼlumotlariga köra, mamlakatimizda 330 ming 830 ta dehqon xöjaligi faoliyat yuritmoqda. Hududlar kesimida Andijon (50 ming 775 ta), Xorazm (44 ming 658 ta) va Samarqand (33 ming 343 ta) viloyatlari eng yuqori körsatkiçlarni qayd etgan.
Uşbu raqamlar yurtimizda agrar tarmoq naqadar keng kölamga ega ekanini körsatadi. Bunday şaroitda yer, suv va boşqa resurslardan oqilona foydalaniş, işlab çiqariş jarayonlarini innovatsion yondaşuvlar asosida taşkil etiş dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda, agrotex-mutaxassis bugungi zamon talabidan kelib çiqqan yangi avlod kasbidir. Uning faoliyati anʼanaviy dehqonçilikni ilm-fan, raqamli yeçimlar va innovatsiyalar bilan uyğunlaştirişga xizmat qiladi. Demak, kelajakda qişloq xöjaligining raqobatbardoşligi nafaqat yer va mehnat resurslariga, balki zamonaviy bilimlarni amaliyotga tatbiq eta oladigan malakali kadrlarga ham bevosita boğliq böladi.
A.RUSTAMOV,
ÖzA